Turkiyada Özbekistonning 13 nafar fuqarosi vayronkor zilzilalar zonasida qidirilmoqda. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
«2023 yil 7 fevral soat 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 15 nafar vatandoşlarimiz qidirilayotgan edi, bulardan 2 nafari bilan aloqa örnatilib, 13 nafarini qidiruv işlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.
Özbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari, şuningdek, 17 nafar vatandoşni, jumladan, 13 nafar sportçini tabiiy ofat hududidan Istanbulga olib borişda yordam bergan.
Qidiruv işlari va yordam körsatiş işlari davom etmoqda.
Bundan avvalroq Özbekiston TIV Malatya viloyatida Özbekistonning bir fuqarosi halok bölgani va 4 nafar özbekistonlik qidirilayotgani haqida xabar bergandi.
Sönggi ma’lumotlarga köra, 6 fevral kuni Turkiya janubi-şarqida sodir bölgan 7,8 balli zilzila oqibatida halok bölganlar soni 4 544 nafarga yetgan, 26 725 kişi jarohat olgan. Şuningdek, Suriyada 1700 dan ortiq kişi vafot etib, 5 mingga yaqin kişi jabrlangan.













