Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) boş kotibi Antoniu Guterriş Arab News kanaliga bergan intervyusida, Turkiya va Suriyada yuz bergan fojia haqida «jabrlangan odamlarni qöllab-quvvatlaş uçun barçamiz birlaşişimiz kerak bölgan bir lahzadir», dedi va siyosiy kelişmovçiliklarni çetga surib qöyişga çaqirdi.

«Turkiya – dunyodagi köplab qoçqinlar vatani. U suriyalik qöşnilariga misli körilmagan saxiylik qilgan. Darhaqiqat, 3,6 million suriyalik Turkiyada ön yildan ortiq vaqtdan beri istiqomat qiladi. Ularning köpçiligi hozir zilzila qurboniga aylandi», dedi boş kotib.

Guterriş BMT gumanitar karvoni Suriya şimoli-ğarbida çegarani kesib ötgan kuni nutq sözladi va yordam operatsiyasining sekin sur’atidan xavotir bildirdi.

Uning sözlariga köra, karvonda boşpana materiallari va boşqa «muhim zarur narsalarni» olib ketayotgan oltita yuk maşinasi bor, biroq bu isyonçilar nazorati ostidagi hududda zarur bölgan yordamning kiçik bir qismi ekanligini qöşimça qildi.

«Yordam yölda, lekin bundan ham köproq narsa kerak», dedi Guterriş.

Suriya hukumati barça xalqaro yordamlar Damaşq orqali «transçegaraviy operatsiyalar» deb nomlanuvçi tizim yordamida ötişini istamoqda. Bu degani, insonparvarlik yordami oldin poytaxtdagi rasmiylarga yetkaziladi, söngra ular zarur bölgan joyga, jumladan, mamlakatning isyonçilar nazoratidagi hududlariga ham tarqatiladi. Suriya hukumati Damaşqni çetlab ötgan holda, zarar körgan hududlarga töğridan-töğri yetkazilayotgan «transçegaraviy» gumanitar yordamga qarşi çiqmoqda.

Biroq, öz navbatida, Ğarb rasmiylari va gumanitar taşkilotlari Suriyaning rasmiy hukumati bilan har qanday aloqadan özini çetga olmoqda. Jumladan, YeI va AQŞ Suriya xalqiga yordam jönatişga tayyorligini tasdiqladi, ammo Asad rejimi bilan munosabatlarni har qanday şaklda normallaştirişga qarşi ekanligini yana bir bor ma’lum qildi.

Guterriş yordamning har qanday usuli juda muhimligini ta’kidlamoqda.

«Biz qölimizdan kelganiça harakat qilişimiz kerak. Biz yordamning barça şakllarini faollaştirişimiz kerak. Va men bu masalani siyosiylaştirmaslikka çaqiraman», dedi u.

Şuningdek, u Suriyaga qarşi «har qanday turdagi» xalqaro sanksiyalarni bekor qilişga çaqirdi.

«Ayni paytda har bir kişi heç qanday sanksiyalar Suriya xalqiga yordam körsatişga xalaqit bermasligini oçiq aytişi kerak», dedi Guterriş.