Turkiyadagi zilziladan bir haftadan ziyod vaqt ötdi. Endi qidiruv-qutqaruv işlari sekin yakunlanmoqda. Tirik qolganlarning topilişi dargumon. Vayronalar ostida qamalib qolganlar endi tunlari minus darajaga tuşayotgan ob-havo şaroitida, suvsiz yemaksiz bunça muddatda tirik qoliş imkonsizligini barça tuşunib, taqdirga tan berib turibdi. Şuning uçun topilayotgan har bir tirik jon möjiza sifatida kutib olinmoqda.

Vayronlar orasida jon saqlayotgan Erdöğanbey bilan biroz suhbatlaşdik. U köçalarni aylantirib, vayronkor zilziladan oldin qanday hayot keçirgani haqida gapirib berdi.

- Bu yerda qayerda yaşardingiz?

- Eprallar mahallasida...

- Yuqoridami?

- Ha. Biroz yuqorida. Zilzilada amakimning öğli, ammamning öğli, rafiqasi vafot etdi. Oltita janozamiz bor.

- Alloh rahmat qilsin.

Kimdir biz tomon ovoz berdi. “Seni çaqirişyapti”, dedi Erdöğanbey. Ovoz kelgan tomon keta boşladik.

- Bu yerda kim bilan turibsiz, abi?

- Amakilarim bilan.

- Körganlaring şu bölsin, abi. Alloh rahmat aylasin.

- Uning ismi Ramazon, — dedi Erdöğanbey ötinda ovqat pişirayotgan qariya tomon işora qilib.

- Yaxşimisiz, Ramazonbey.

- Körganlaring şu bölsin, abi. Alloh rahmat aylasin.

- Salomatlik bölsin. Uyimiz yiqildi.

- Neçançi qavatda yaşardingiz?

- Eng yuqori qavatda. Sakkizinçi qavatda.

- Erdöğanbey, sizning uyingiz qayerda edi? Bu yerda emas-a, yöqotganingiz?

- Biroz teparoqda.

- Teparoqdami?

- Eprallar mahallasida.

- Piyoda yetib borolamizmi?

- Hozir boramiz.

- Bu yerda neça qavatli uy bor edi?

- Töqqiz qavat.

Eprallar mahallasi böylab Erdöğanbek bilan borar ekanmiz, telefoniga ma’yus tikilgança qarindoşlarining suratlarini varaqlab turgan ikki ayolga közimiz tuşdi.

- Xolavaççalarim... — dedi ulardan biri yoş yigit va qizning rasmini körsatib.

- Nima böldi ularga?

- Nimayam bölardi? Yotoqlarida ölik topildi. Ustiga devor qulagan.

- Alloh rahmat qilsin

- Siz qayerda yaşardingiz?

- Ular voliylik yonidagi binoda yaşardi.

- Siz-çi?

- Men qişloqdan keldim. Avval Milliy ta’lim şohköçasida yaşaganman. Hozir qişloqdaman.

- Bu kimning uyi edi?

- Opamning, — deya juvon yonida turgan yoşi kattaroq opasiga işora qildi.

- Opa, bu sizning uyingiz edimi?

- Bunisi meniki edi.

- Neça qavatli edi?

- Yetti qavatli bino edi.

- Xonadoningiz?

- Oltinçi qavatda edi. Turk bayroği ilingan uy. Bizning binoning ostida yertöla bor edi. Yer silkinganda lift kabi bir qavat pastga tuşdik. Söng yana bir qavat bosib qoldi. Men his etdim. Tomga qaradim. Şiftga qarab, qaçon yuzimni bosib qolarkin deb kutdim. Yon tomonimda bolalar xonasi bor edi. U ham pastga qulaganini his etdim. Bolalarimga zina tomon bormay, yotoqxonaga kelişni aytdim. Katta qizim “ona, ukalarim pastga quladi”, deb aytdi. Erim bolalarimning ortidan özini otdi.

Darhol ijtimoiy tarmoqlar orqali zilzila bölib, içkarida qoldik deb xabar berdik. Qişloqdan jiyanlarim keldi. Bizni qutqarib olişdi. Şunday qilib qutulib çiqdik.

- Bolalaringiz salomatmi?

- Ikki qizim jarohatlangan, qolganlari soğ-salomat. Sulolamizda köp yöqotişlar bor. Juda köp yöqotişlar bor.

- Bobomiz, xolavaççalarimiz... — dedi singlisi

- Kimlaringizni yöqotdingiz?

- Bobom ketdi...

- Alloh rahmat qilsin.

- Xolavaççalarim ketdi. Toğalarimning bolalari ketişdi. Qayinoğamning bolalari ketişdi. Uruğimizda köp yöqotiş böldi.

- Alloh rahmat qilsin.

- Omin.

Qahramonmaraşdagi işlarni yakunlab, Hatay viloyatiga yöl oldik. Özbekistondan borgan qutqaruvçilar aynan öşa joyda işlaşmoqda. Keyingi reportajlarimiz qahramonlari hatayliklar böladi.

Sardorbek Usmoniy, Kun.uz muxbiri.
Turkiya. Qahramonmaraş.