Turkiyada ham qurbonlar soni oşişi ösişda davom etişi kutilmoqda, mamlakatda 345 ming kvartira vayron bölgan va köplab odamlar hamon bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Turkiya qutqaruv xizmati AFAD rahbari Yunus Sezer yer silkinişlari epimarkaziga eng yaqin şahar bölgan Qahramonmaraşda qutqaruv işlari yakunlaniş arafasida ekanini ma’lum qildi. «Qahramonmaraşda yana 19 bino qoldi va Adimayandagi Çinor obektida işlar davom ettirilmoqda. Qidiruv-qutqaruv işlari ertaga keçga borib yakunlanib qoladi», degan u.
Payşanba kuni 6 fevral kungi zilziladan jiddiy zarar körgan Turkiyaning Hatay viloyatida 5,1 magnitudali yana bir zilzila röy berdi. Şanba kuni Hatay gubernatori Rahmi Döğan viloyatdagi bino xarobalarini tozalaş işlari 19 fevral kuni boşlanişini aytdi.
Hatayda sönggi zilzila oqibatida halok bölganlar soni aniq emas. BBC turk xizmatiga köra, mamlakatda zilzila oqibatida jarohat olganlar soni 100 mingdan oşadi.
Turkiya soğliqni saqlaş vaziri Faxriddin Xöja tibbiy yordam sörab murojaat qilganlar soni bundan ança köproq ekanini aytdi. Uning ma’lumotiga köra, tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarda 12 kun içida dastlabki tibbiy körikdan ötkazilganlar soni 962 ming kişini taşkil etgan. BMT esa zilziladan jabrlanganlarning jami sonini 5,2 mln kişiga baholagan.
Xöja 6 mingdan ortiq jabrlangan kişi hamon şifoxonalarda qolayotganini xabar qilgan. 13 mingdan ortiq kişiga javob berilgan.
Jabrlanganlarga yordam va aybdorlarni qidiriş
Turkiyada qidiruv-qutqaruv işlari 6 fevraldan buyon töxtamadi. Turkiya vitse-prezidenti Fuat Öqtoy juma kuni zilziladan jabrlangan viloyatlarda qutqaruvçilar hali işni davom ettirayotgan 200 ming bino qolganini aytdi - tabiiy ofat hududida jami 830 mingdan ortiq bino şikastlangan, şundan 105 mingtasi vayron bölgan.
14 fevral kuni vazirlar mahkamasi yiğilişidan keyin çiqiş qilgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan zilzila oqibatida vayron bölgan binolarning 98 foizi 1999 yilga qadar qurilgan binolar ekanini aytdi.
Şu bilan birga, tabiiy ofat oqibatida ança zamonaviy binolar şikastlanganiga ham dalillar bor.
Erdöğan zilziladan omon qolgan 890 ming kişi jamoat yotoqxonalariga, yana 50 ming kişi - mehmonxonalarga joylaştirilgani, jami 1,6 mln kişi zilziladan keyin vaqtinça turar joylar bilan ta’minlangani haqida aytdi.














