"Özgidromet" xabariga köra, dovonda tuman kuzatilişi, körinuvçanlik 50 metrgaça pasayişi, şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi, avtoyölda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelişi mumkin.
Şuningdek, joriy yil 21-28 fevral kunlari kutilayotgan yoğingarçilik hamda havo haroratining sezilarli özgarişlari sababli respublikaning toğli hududlarida, jumladan:
- Qaşqadaryo viloyati: Kitob, Şahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toşkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Böstonliq tumanlarida va Çotqol tizmasining Çimyon toğlarida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida;
- Farğona viloyati: Söx, Farğona tumanlarida qor köçiş xavfi e’lon qilindi.
- Toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söralgan.








