Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, 4-oktabr kuni soat 19:37 da «112» tizimi orqali Ohangaron tumanining Çinor mahallasi hududidagi toğlarda beş kişi adaşib qolgani haqida xabar kelib tuşgan.
Murojaat asosida «Qamçiq» maxsus qutqaruv boşqarmasining «Beşqöl» navbatçilik qismi qutqaruvçilari qidiruv-qutqaruv işlarini olib borgan.
Qidiruv natijasida fuqarolar 5-oktabrga ötar keçasi soat 00:31 da topilgan. Ularning barçasi toğdan xavfsiz hududga olib tuşilib, yaşaş manzillariga yuborilgan.
FVV fuqarolarni toğli hududlarga çiqişda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilişga çaqirdi. Şuningdek, ob-havo şaroitini inobatga oliş va safar yönalişini oldindan belgilab oliş zarurligini eslatdi.

















