Duşanba kuni keçqurun Turkiya janubida röy bergan yana ikki yer silkinişi oqibatida olti kişi halok bölgan va qariyb 300 kişi tan jarohati olgan.
Mamlakat içki işlar vaziri Sulaymon Soylu jabrlangan hududlar aholisini avvalgi zilzilalardan şikastlangan binolarga qaytib kirmaslikka çaqirgan.
Turkiya janubida, fevral oyi boşida kuçli zilzilalar röy bergan hududda duşanba kuni navbatdagi yer silkinişlari kuzatildi. Ikkita yangi zilzila kuçi 6,4 va 5,8 ballni taşkil etgan.
Turkiya favqulodda vaziyatlar agentligi birinçi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 20:04 da (Toşkent vaqti bilan soat 22:04) qayd etilgani, köp ötmay ikkinçi marta yer qimirlaganini ma’lum qilgan.
Zilzila epimarkazi Örta Yer dengizi sohilidagi Samandag şahri yaqinida joylaşgan. Yer silkinişlari Turkiyaning qöşni viloyatlari, Suriya şimoli, Misr va Livanda ham sezilgan.

Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, mamlakatda bu safargi zilzila qurbonlari soni kamida olti nafarni taşkil etmoqda, 294 kişi tan jarohati olgan.
Turkiya soğliqni saqlaş vaziri Faxriddin Xöjaning ma’lumotiga köra, yaralanganlarning 18 nafari oğir ahvolda va ular Adana va Dyortyöl şaharlaridagi şifoxonalarga joylaştirilgan.
Soyluning sözlariga köra, Antakya, Samandag va Dafna şaharlarida qurbonlarning jasadlari aniqlangan.

Qöşni Suriyada yangi zilziladan keyingi qurbonlar va jarohatlanganlar soni oçiqlanmagan. Suriya inson huquqlari markazi (SOHR) ma’lumotlariga köra, kamida 470 kişi, hukumat nazoratidagi hududlarda 320 va isyonçilar nazoratidagi şimoli-ğarbiy Suriyada 150 kişi jabrlangan. Vahima va tiqilinç vaqtida kamida tört kişi halok bölgani aytilgan.
«Oq dubulğalilar» insonparvarlik taşkiloti avvalgi zilzila çoğida şikastlangan binolar qulab tuşganini ma’lum qildi.















