Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ötkazgan örganişlarga köra, Qaşqadaryo viloyatida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2022 yilda ajratilgan imtiyozli kredit mablağlari talon-toroj qilingan hamda maqsadsiz işlatilgan. Agentlik matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, örganiş natijasida töplangan hujjatlar böyiça Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda tadbirlar amalga oşirildi.

Departamentning Şahrisabz tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv natijasi böyiça «B.S.B.» MÇJ ta’sisçisi va rahbari A.T. – bir paytning özida Şahrisabz tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamçisi lavozimida işlagan. U öz lavozimidan foydalanib 114 mln söm soliq va yiğimlarni tölaşdan qasddan böyin tovlagani hamda tijorat bankining Şahrisabz filiali mansabdor şaxslari bilan jinoiy til biriktirgan holda hujjatlarni soxtalaştiriş orqali 162 mln söm kredit mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat böyiça hokim yordamçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 184-moddasi 2-qismi «B» bandi (soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş), 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan hamda bir tijorat bankining Şahrisabz filiali mansabdor şaxslariga nisbatan 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 228-moddasi 2-qismi «B» bandi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.