Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Marğilon şahar bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.
Unda Toşloq tumani kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi sobiq boşliği M.B. «Konizar» MFY hokim yordamçisi I.K.ning tavsiyasi asosida ajratilgan imtiyozli kredit mablağlarining maqsadli sarflanişini örganiş maqsadida noqonuniy tekşiruv taşkil qilgani aniqlangan.
Ma’lum qilinişiça, M.B. tekşiruv natijasida aniqlangan kamçiliklar yuzasidan çora körmaslikni va’da qilib, buning evaziga hokim yordamçisidan 600 AQŞ dollari olgan.
Şuningdek, sobiq mansabdor öz vakolatini suiiste’mol qilgan holda turli bahonalar bilan I.K.ning yana 17 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Tekşiruv davomida uşbu mablağning 10 mln sömi qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi - firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















