ASUS mutaxassislari Zenbook 14 OLEDʼning nega OLED displeyli noutbuklar orasida namuna ekanini, ushbu modeldagi ultrabukning dizayni nimani anglatishini, turli xil foydalanish usullari bo‘yicha ishlash ssenariylarini tushuntirib berishdi.

2021 yildan beri ASUS brendi OLED texnologiyasini o‘z noutbuklariga faol ravishda integratsiya qilmoqda. Zero, noutbuklardagi displeylar qurilmani sotib olayotganda tanlash uchun asosiy omillaridan biri bo‘lib kelmoqda va kelajakdagi foydalanuvchilar ham bunga e’tibor qaratadi.

Zenbook 14 OLED esa ASUS OLED noutbuklarining mukammal vakili bo‘lib, u portativlik, nafis dizayn va kuchli qurilmaga xos xususiyatlar kombinatsiyasi hisoblanadi. Premium darajadagi ushbu ultrabuk uyda va ofisda ishlash uchun qulay, shuningdek, oilaviy dam olish va sayohat qilish uchun universal tarzda mos keladi.

Dizayn: har bir detal uchun alohida yondashuv

Zenbook 14 OLED egasining yuqori mavqeini aks ettiruvchi murakkab dizayni bilan darhol o‘ziga jalb qiladi. Bunga sabab – ishlab chiqaruvchi tomonidan muvaffaqiyatli tarzda tanlangan ustki qism ranglaridir: ultrabuk ikki xil rangda taqdim etilgan – “Dengiz seladoni” va "O‘ychan moviy".

Zenbook 14 OLED dizaynerlari ranglarni shunchaki tanlashmagan: ikkala variant ham o‘z mazmuniga ega. Demak, och yashil rang poklik, tiniq fikr va nafislikni – o‘z hunarini biladigan odamlarga xos fazilatlarni anglatadi. Dizaynerlarni quyuq ko‘k rangga professionallarning kechalari muvaffaqiyatga olib boradigan fikrlari va rejalari bilan yolg‘iz qolish holati ilhomlantirdi.

Vizual xususiyatlardan tashqari, Zenbook 14 OLED ixchamligi va olib yurish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, mustahkam alyuminiy korpusli ultrabukning og‘irligi atigi 1,39 kg, qalinligi esa 16,9 mm. Ushbu portativlik bir joyda o‘tirmaslikni va yo‘lda, uchrashuvlarda va sayohatlarda ko‘proq vaqt o‘tkazishni afzal ko‘radiganlar uchun ideal tanlov bo‘ladi.

Ekran: go‘yo nima bo‘layotganini jonli ko‘rayotgandek bo‘lasiz

Zenbook 14 OLED ekrani – ifodalash uchun so‘zlar kamlik qiladigan xilqatdir. U yuqori sifatli, katta o‘lchamli, 14 dyuymli OLED sensorli displeyga ega bo‘lib, DisplayHDR True Black 500, yuqori kontrast va Pantone Validated tomonidan sertifikatlangan rang tiniqligiga ega.