“Silk Road Research Academy” ijroçi direktori, professor Azamat Akbarov bitiruvçilarning işga kiriş körsatkiçi pastligi avvalo davlat oliygohlarida boşlanganini qayd etdi.
“Aslida bunday qarorga kelinişiga sabab bölgan muammolar bugun yoki keça çiqqani yöq, davlat universitetlaridagi bor muammolar xususiy universitetlarga transformatsiya bölib ötdi, xolos”, – deydi suhbatdoşimiz.
“2019 yilda bor-yöği 2 dona xususiy universitet bölib, qolgani davlat OTM hisoblangan. Ya’ni öşa yilda ham bu muammolar har bir universitetga tegişli bölgan. Davlat universitetlari işlab çiqarişdan uzilgan, talabalar olgan könikmalari bilan bozorda raqobatbardoş kadrga aylanmagani tufayli işsizlar soni köpaygan. Bu yerda hal qilinişi kerak bölgan masalalarni xususiy universitetlarga taşlab, işsizlar soni va sifatsiz ta’limga ularni aybdor deb topiş bu – xuddiki pora bilan tuşgan şifokorni işdan olib, butun tizimdagi poraxörlikka şu şifokor sababçi deb, aybni öşa xodimga ağdariş bilan teng. Bu – muammoga yeçim emas.

Buni tubdan isloh qiliş kerak, holat faqat xususiy universitetlarda bormi yoki bor muammolar şu kungaça ma’lum ta’limni nazorat qiladigan organlar tomonidan yopilib kelyaptimi? Çunki hozir qaraydigan bölsak, haqiqatan ham işsizlik – jiddiy masala”, dedi Azamat Akbarov.
Professorning sözlariga köra, agar işsizlik yuqoriligi uçun universitetlarning litsenziyasi olinadigan bölsa, buni yillar davomida bunday şartni bajarmagan davlat oliygohlaridan boşlaş kerak.
“Xuddiki şu kungaça hamma talabalari işga joylaşib, Özbekistonning YaIMga yoki mamlakatning iqtisodiy ösişiga hissa qöşgandek… Yaqinda xususiy universitetlar paydo bölib, ta’lim sifatini buzib yuborgandek bong urişmoqda.
Xususiy universitetlar bunaqangi tazyiqqa olinişi kerak emas, bunaqangi bosimga tuşişi kerak emas. Dunyoni ilm bilan tebratadigan oliygohlar – xususiy. Töğri, bularning içida ta’limni sifatli beradigani yoki bermaydigani ham bor. Buni faqat bozor aniqlab berişi kerak, qaysidir organ emas. Çunki talablar taklifdan kelib çiqadi, agarda xususiy universitetlarga talab oşadigan bölsa, bular oçilaveradi.
Eşitişimça, hozirda talabalar davlat OTMdan çiqib, xususiylariga borişmoqda. Akademik erkinlik, talabalar öqiş davrida ham işga borişi, universitet tomonidan qandaydir yordam berilişi – mana şularni inobatga olgan holda qaysi universitet yopilişi yoki oçilişini ota-onalar va iş beruvçilar belgilaşi kerak. Çet elda şunday”, – deydi u.








