Narpay tumanida ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga quyoş panellari örnatib berilmoqda. Uşbu qurilma kamida ikkita elektr lampa va televizorni işlata oladi. Asosiysi, buning uçun muhtoj oilalar heç qanday tölov qilmaydi.
Tuman mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş bölimi rahbari Feruz Iskandarovga köra, bu an’ana ötgan yili boşlangan. Avgust-dekabr oylarida jami 45 ta xonadonga xuddi şunday qurilma bepul örnatib berilgan. Oilalar mahallalardagi hokim yordamçilari tavsiyasi hamda «Temir daftar»da turganlar orasidan saralab olinmoqda.

Panellar imkon qadar eng muhtoj oilalarga örnatib berilgan. Har bir xonadonga quyoş paneli örnatib beriş 2022 yilda örtaça beş million sömdan tuşgan.
Biz Narpaydagi quyoş panellari tarqatilgan xonadonlarda böldik va quyoş paneliga qöşib akkumulyator ham berilganini kördik. Bu qurilma ikkita elektr lampa hamda bitta televizorni işlata oladi, undan ortiğiga quvvati yetmaydi. Uni qanday işlatiş va foydalaniş haqida aholiga tuşunça berilgan. Xonadon egalari quyoş panellari yordamida garçi uyini isitiş yoki muzlatkiçni işlatiş imkoni bölmasa-da, şu yilgi qiş mavsumida ança naf berganini ta’kidlaşdi.

«Hamma yerda «svet» yöq vaqtda ham uyimiz yoruğ edi, televizor köra oldik. Qurilmani bepul örnatib, yigirma yil kafolat berişdi. Elektr energiyasi uçun sarflaydigan mablağimizni ança tejayapmiz», dedi tumanning Baxt mahallasida yaşovçi Gulzoda Saparova.
Mazkur quyoş panellari 2023 yilda örtaça har bir xonadonga 6 million sömdan örnatib berilmoqda. Mablağ esa «Saxovat va kömak» jamğarmasi hisobidan tölanmoqda. Uşbu yilda Narpay tumanidagi 130 ta ehtiyojmand oilaga xuddi şunday qurilmalar örnatib berilişi reja qilingan.
Isomiddin Pölatov, Kun.uz muxbiri
Tasvirçi va montaj ustasi Faxriddin Hotamov.








