2022 yil iyul oyida Qoraqalpoğistonda yuz bergan tartibsizliklar böyiça jinoiy işda sudlangan Dauletmurat Tajimuratovning ukasi va advokati Rinat Tajimuratov Oliy sudga apellyatsiya şikoyatini berdi. Gazeta.uz xabariga köra, u jazoni yengilroğiga almaştiriş va moddiy zararni tölaşdan ozod qilişni söragan. 

2023 yil 31 yanvar kuni birinçi instansiya sudi Dauletmurat Tajimuratovni hokimiyatni egallab oliş yoki konstitutsiyaviy tuzumni ağdariş uçun fitna uyuştirişda, öta yirik miqdorda özlaştirişda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylaştirişda, şaxsga nisbatan zöravonlik, talon-toroj qiliş, öt qöyiş, zarar yetkaziş yoki mulkni yöq qiliş, hokimiyat vakiliga qurol yoki qurol sifatida qöllanadigan boşqa narsalarni qöllaş yoki işlatiş tahdidi bilan qarşilik körsatiş, şuningdek, ommaviy tartibsizlik va boşqa jinoyatlarda faol iştirok etişda aybdor deb topib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. 

Rinat Tajimuratov akasining advokati sifatida Oliy sudga birinçi instansiya sudining qarori ustidan şikoyat qilgan. U akasiga qöyilgan köplab ayblovlar böyiça jinoyat alomatlari yöqligini yoki dastlabki tergovda tasdiğini topmaganini ma’lum qilgan. 

Şuningdek, Dauletmurat Tajimuratovning oilaviy ahvoli va 3 nafar farzandi borligi, aholiga körsatgan yordamini (çekka qişloqlarni gazlaştiriş, kam ta’minlanganlarga bepul advokatlik xizmatlar körsatiş, bolalar uyiga homiylik qiliş, davlat organlariga yordam beriş) hisobga olib, 16 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini qamoq bilan boğliq bölmagan yengilroq jazo turiga almaştirişni söragan. 

Bundan taşqari, advokat mahkumlarga belgilangan 6,55 mlrd söm moddiy zararni tölaşdan ozod qilişni ham söragan.