AQŞ Federal Qidiruv Byurosi (FQB) «ança vaqtdan beri» koronavirus pandemiyasining sababi «ehtimol» Uhandagi laboratoriyadan sizib çiqiş holatiga boğliq deb hisoblaydi. Bu haqda FQB direktori Kristofer Rey 1 mart, çorşanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«FQB pandemiyaning kelib çiqişi Uhandagi potensial laboratoriya hodisasi bilan boğliqligini ança vaqtdan beri baholab keladi», dedi u. CNN ma’lumotlariga köra, bu Reyning FQB koronavirusning laboratoriyadan kelib çiqqan bölişi ehtimoliga oid tergovi yuzasidan birinçi ommaviy bayonoti.
«Şunçaki şuni ta’kidlamoqçimanki, Xitoy hukumati AQŞ hukumati va yaqin xorijiy hamkorlarimiz amalga oşirayotgan işlarga tösqinlik qiliş va çalkaştiriş uçun qölidan kelgan barça işni qilyapti, şekilli. Bu hamma uçun açinarli», - deya qöşimça qildi FQB direktori.
Reyning bayonoti The Wall Street Journal maqolasi çop etilganidan bir neça kun ötib e’lon qilindi, unda naşr AQŞ Energetika vazirligi hisobotiga işora qilgan. Vazirlik COVID-19 pandemiyasi laboratoriyadan kelib çiqqanini bildirgan. Energetika vazirligi virusning laboratoriyadan sizib çiqqani böyiça versiyaga amal qilayotgan AQŞning FQBdan keyingi ikkinçi federal idorasiga aylandi, deb yozadi WSJ. Yana törtta razvedka agentligi virus tabiiy ravişda paydo bölgan deb hisoblaydi, ikkitasi, şu jumladan Markaziy razvedka boşqarmasi hali bir qarorga kelmagan, deb yozadi gazeta.













