“Qonun mamlakatimiz hududida tovarlarning erkin harakatlanişini ta’minlaş, raqobat muhitini himoya qiliş, tovar, moliya va raqamli bozorlarning samarali faoliyat körsatişiga şaroit yaratiş maqsadida işlab çiqilgan. Ta’kidlaş joiz, unda 2012 yil qabul qilingan “Raqobat töğrisida”gi hamda 1999 yil qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar töğrisida”gi qonunlar birlaştirilib, tabiiy monopoliya va ustun mavqega ega sub’yektlarga qöyiladigan talablarning aksariyat qismi birxillaştirilgan.
Qonunda raqobat sohasidagi davlat siyosatining, ya’ni raqobatni himoya qiliş, raqobatga qarşi harakatlarning oldini oliş va töxtatiş, respublika hududida iqtisodiy faoliyat erkinligi va tovarlarning erkin harakatlanişini ta’minlaş, tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat körsatişi uçun şaroitlar yaratiş kabi ustuvor yönalişlar belgilangan”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, qonunga bir qator yangi, ya’ni monopoliyaga qarşi komplayens, raqamli platforma kabi tuşunçalar ham kiritilmoqda.
“Qonunga ustun mavqeni belgilaşning yangi mezonlari kiritilayotgan bölib, unga köra tabiiy monopoliya sub’yektlari ham ustun mavqega ega sub’yektlar qatoriga qöşilmoqda.
Şu bilan birga Qonunda ustun muzokara kuçi instituti kiritilib, uşbu normaga köra, bitim şartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilaşga bir tomonlama ta’sir körsatiş imkoniyatining mavjudligi sababli boşqa sub’yektlar bilan şartnoma tuzişda, ularda ustun muzokara kuçi mavjud deb baholanişi belgilanmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlari örtasida soğlom raqobat muhitini ta’minlaş maqsadida qonunda raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan davlat tomonidan körsatilayotgan yordamni baholaş tizimi joriy qilinmoqda.

Qonun bilan savdolarga doir raqobatni çeklaşga qarşi talablar va özaro boğliq bölgan iştirokçilarning bir vaqtda savdo jarayonlarida iştirok etişiga taqiqlar belgilanmoqda.
Şuningdek, raqobat töğrisidagi qonunçilik hujjatlarini buzganlik uçun ma’muriy javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Senatorlarning fikriga köra, mazkur qonunning qabul qilinişi raqobatga qarşi harakatlarning kamayişiga, iqtisodiy faoliyat erkinligi, tovarlarning erkin harakatlanişiga, raqobat muhitini rivojlantirişga hamda tovar va raqamli bozorlarning samarali faoliyat körsatişiga, iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartirişga huquqiy asos yaratadi”, – deyiladi Senat








