Bugungi innovatsiyalar va texnologiyalar davrida kompaniya hajmidan qat’i nazar biznes boshqaruvchilari uchun qo‘llarida ishlashga qulay, tezkor va uzoq hizmat qiladigan uskuna bo‘lishi juda ham muhim. Chunki qo‘llanadigan jihozlar bilan ish barqarorligi va xodimlarning mehnat samaradorligi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.
ASUS ExpertBook tijorat noutbuklar seriyasi esa B2B segmentida yetakchilardan biri hisoblanadi. Chunki bu har doim minimalistik dizayn, ilg‘or texnologiyalar, ixcham o‘lchamlar, universal ishlatish ssenariysi va ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish tizimlari deganidir.
Ixchamlik va qulaylik muhim bo‘lganlar uchun ideal

Premium, ingichka, o‘rnatilgan parametrlari bo‘yicha kuchli 14-dyuymli Expertbook B9400 vazni bor-yo‘g‘i 880 gramm, qalinligi esa atigi 14,9 mm. Seriyaning bu flagmanini haqiqatan ham dunyodagi eng yengil ultrabuklardan deb atasa mubolag‘a bo‘lmaydi. U bilan ishlash hamma joyda – uchrashuvlarda, yo‘lda, uyda, divanda qulay. Expertbook B9400 egasining charchashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shu bilan birga, bu model yuqori konfiguratsiya bilan ta’minlangan bo‘lib, eng murakkab va muhim masalalar yechilayotganda uyaltirib qo‘ymaydi va sizning birinchi yordamchingiz bo‘lib qoladi. Eng zamonaviy Intel Core protsessori Windows 11 Pro’ning ishlash quvvati butun kunga yetadi, biznes-klass kiber himoyasi, magniy eritmasidan tayyorlangan yupqa korpus hamda birlashtirilgan suv o‘tkazmas klaviatura foydalanuvchilarga har qanday muhitda ish yuritish imkoniyatini beradi.
Tez natijalar uchun

Ishlash uchun qulay stansiya – kuchli parametrlari tufayli ExpertBook B6 Flip














