Ğarbdagi hamkorlar Ukrainani navbatdagi marta Rossiya Kiyev böylab ballistik raketalar bilan zarba berişga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirmadi. Bu haqda 13-oktabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy maʼlum qildi. Uning sözlariga köra, ukrain harbiylari raketalarni faqat poytaxtga yaqinlaşib qolganida payqaşgan. Sönggi zarbaning asosiy nişoni 4-sonli issiqlik elektr stansiyasi bölgan – bu Kiyevdagi asosiy energetika obyektlaridan biridir.
Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari spikeri Yuriy Ignatning aniqlik kiritişiça, Rossiyaning 14-oktabrga ötar keçasi uyuştirgan hujumi vaqtida hamkorlar Ukrainani dastlabki ballistik raketalar uçirilgani haqida xabardor qilmagan, lekin keyingi uçta zarba tölqini oldidan Ukraina tomoni tegişli ogohlantirişlarni qabul qilgan.
Bir kun oldin ham Zelenskiy Ukrainaga 12-oktabrga ötar keçasi Rossiyaning Kiyev böylab raketa zarbasi haqida razvedka maʼlumotlari yetkazilmaganini aytib çiqqandi. «Rossiya ballistik raketalari uçirilgani haqidagi razvedka maʼlumotlari odamlar hayotini saqlab qolişga yordam beradi va bu eng muhim masalalardan biridir. Aynan ballistika haqida ogohlantiriş qotilliklarning oldini olişga yordam beradi», – deydi u.
Politico naşri maʼlumotiga köra, AQŞdagilar Ukrainani 12-oktabrga ötar keçasi ob-havo yomon bölgani tufayli Kiyev böylab raketa zarbasi haqida ogohlantira olmaganini bildirgan. Şu bilan birga, Ukraina hukumatidagilar «gap bunda emasligi»dan xavotirda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp jurnalistning Vaşington Kiyev bilan razvedka maʼlumotlari almaşgani qançalik töğri ekani haqidagi savoliga javoban «bunday emasligi»ni aytgan. Financial Times maʼlumotiga köra, avvalroq AQŞ agar Kiyev Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalarni töxtatmaydigan bölsa, Ukraina bilan razvedka maʼlumotlari almaşinuvini töxtatişi haqida ogohlantirgandi.
14-oktabr tongida ukrain harbiylari SpaceX kompaniyasi Ukraina qurolli kuçlari frontda foydalanib kelayotgan Starlink sunʼiy yöldoş aloqasi terminallari faoliyatini çeklayotgani haqida xabar bera boşladi. Çeklovlar Starlink’ning Starshield deb nomlangan harbiy versiyasiga taʼsir qilmoqda, bu esa sunʼiy yöldoş aloqasidan foydalanadigan dronlar tezligiga taʼsir qiladi.
Starshield tezroq işlaydi va uçuvçisiz uçiş apparatlari operatorlari uçun öta zarur hisoblanadi. Dronlarga örnatiladigan oddiy Starlink soatiga 160 kilometrgaça tezlikda işlaydi, ammo u baʼzi vazifalarni bajariş uçun yetarli emas, deb tuşuntiradi «Ukrainskaya pravda»ning Ukraina qurolli kuçlaridagi suhbatdoşi. Komandirlardan biri naşrga havoga kötarilgan ikkita dron aloqani «yöqotgani» va missiyani davom ettira olmayotgani aks etgan videorolikni yuborgan.













