Tesla (AQŞ) kompaniyasi 15-oktabr kuni Roadster elektr sportkarining yangi avlodini taqdim etadi. Taqdimot dastlab işlab çiqarilişi 2020-yildayoq boşlanişi közda tutilgan modelning ilk namoyişidan qariyb töqqiz yil ötgaç rejalaştirilgan.

Tesla bölajak taqdimot haqida ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qildi.Roadster sportkarining ikkinçi avlodi ilk bor 2017-yil noyabrida namoyiş etilgan edi. Öşanda Tesla mazkur avtomobil joyidan 97 km/soat tezlikka 1,9 soniyada çiqişi, soatiga 400 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlana olişi hamda bir quvvatlanişda 998 km gaça masofani bosib ötişini maʼlum qilgandi. Biroq uşbu körsatkiçlar dastlab eʼlon qilingan versiyaga tegişli bölib, seriyali avtomobil uçun hali tasdiqlanmagan.

Tesla

Loyihaning eng öziga xos jihatlaridan biri SpaceX texnologiyasiga ega maxsus versiya bölişi mumkin. Avvalroq Tesla rahbari Ilon Mask avtomobilga favqulodda imkoniyatlar bağişlaşi kutilayotgan kiçik tortiş kuçiga ega gaz dvigatellaridan foydalaniş ehtimoli haqida aytib ötgan edi. Namoyiş odatiy avtomobil taqdimoti doirasidan çiqadigan elementlarni öz içiga olişi kutilmoqda. Şu bilan birga, bunday versiyaning aniq xususiyatlari va imkoniyatlari hali rasman tasdiqlanişi kerak.

Taqdimotga tayyorgarlik muddatlarning surilişi bilan ham keçdi. Dastlab tadbir 1-oktabrga rejalaştirilgan edi, biroq Tesla noqulay ob-havo prognozi sababli uni 15-oktabrga qoldirdi. Kompaniya buni namoyişni faqat oçiq havoda ötkaziş mumkinligi bilan buni izohladi.

Köp yillik intizorlikka qaramay, işlab çiqariş boşlanişi va xaridorlarga yetkazib beriş muddatlari yuzasidan hamon savollar oçiq qolmoqda. Şu sababli, bölajak taqdimot Tesla 2017-yilda ilk bor ommaga körsatilgan loyihani amalga oşirişda qay darajada olğa siljiganini tekşiruvçi muhim sinovga aylanadi. Taqdimotning ötkazilişining özi esa seriyali işlab çiqariş tez orada boşlanişini anglatmaydi.