«Qiynalyapmiz, lekin qalbimiz, vijdonimiz halovatda» - zilziladan aziyat çekkanlarga yordam ulaşayotgan özbek ayoli
|20:51 / 03.03.202328 6369 min
«Onaning ortiq kuçi qolmagan. Tizzalari, yelkalari titraydi. Rangi oqarib ketgan. Faqat bolasini qutqarib qoliş uçun çidaşga majbur edi. Semiha tinmay yiğlardi. Ona yelkasida ustunni tutgança alla ayta boşladi. Ona sönggi bor farzandining oyoğidan öpişga ulgurdi. Va sekinlik bilan yerga çözildi. Yelkasida soatlarça tutib turgan ustun, ayolni bosib tuşdi».
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
6 fevral kuni Turkiyada sodir bölgan zilzila butun dunyoni larzaga soldi. Uşbu tabiiy ofat 40 mingdan ortiq insonni bu hayotdan olib ketdi. Yordamga muhtoj bölib qolgan aholi esa undan ham köproqni taşkil etadi.
Falokatning ilk kunlaridanoq köngilli yordamçilar Turkiyaga yöl oldi. Ularning orasida Germaniyada faoliyat olib borayotgan özbekistonlik Sabo Ma’rufjonova ham bor.
Bir paytlar Saboning özi ham yordamga muhtoj edi. Hayot yöllarida bölgan «zilzila» uni Turkiyaga kelib qolişiga sabab bölgan. Kuçli irodasi va harakatçanligi bilan bugun özi odamlarga yordam qölini çöza oladigan darajaga erişdi.
«Çodir hayotiga zörğa örgandik. Peçka yoqib çodirni isitmoqçi bölamiz. Çodir içi tutunga töladi. Tutun çiqsin deb, matodan tikilgan çodir eşigini oçamiz. Tutun çiqib ketgunça çodir içi ham sovib ketadi.
Bu hayotning nomini bilmayman. Qabila bölib yaşaydigan insonlardan kiyimlarimiz bilan farq qilamiz. Kunduzi quyoş yondiradi. Qorayib ketganmiz. Keçqurungi izğirindan yuzlarimiz, lablarimiz yorilib ketgan.
Nam yerga töşalgan yotoqlar zax bosib ketgan. Ikki, uç dona körpa yopinsak ham, sovuq jonimizdan ötib ketadi. Biz zörğa çidayotgan çodir hayotiga yoş bolali oilalar qanday çidayapti, deb öylab qolaman.
Çodirdan taşqariga termilar ekanman, butun hayotim kino tasmasidek köz öngimdan ötadi.
45 yoşdaman. Asli namanganlik bölsam-da, bolaligim, yoşligim Toşkentda ötgan. Bolaligimdan şe’r, hikoyalar yozardim. «Gulxan», «Ğunça» jurnallarida çop qilinardi.
Onam saraton kasalligiga çalingan edi. Ularga qarov zarur, singillarim hali yoş bölgani sabab, institutdan ham voz keçganman. Bu bedavo kasallik onamni juda erta, 45 yoşida bağrimizdan yulib ketdi. Bözlab qolaverdik.
Qançalik qiyin bölmasin, özimni qölga olişim, harakat qilişim kerak. Çunki ikki singlim qölimda qolgan. Ular uçun ham yaşaşga kuç topdim. Singillarimni katta qildim, öqitdim, turmuşga berdim.
Tadbirkorlik ortidan kam bölmadim. Lekin bu dunyo sinovlarga töla ekan. Yonğin sababli bor mol-davlatimdan ayrildim. Şu sabab böldi-yu, Turkiyaga kelib qoldim.
Mavzuga oid
Işni oddiy idiş yuvişdan boşladim. Bir yilda oşpaz böldim. Ikkinçi yili boş oşpaz darajasigaça kötarildim. Hozirda Germaniyaning Ştutgart şahrida yaşayman.
«Garden Turk» restorani oşpaziman. Taqdirimdan nolimayman, farzandlarim bor. Oilam Istanbulda yaşaydi. Zilzilaning birinçi kuniyoq yetib kelganimning asosiy sabablaridan biri şu.
Yana bir sababi restoran boşliği janob Oliver, maoşimiz saqlanib qolişini, turk xalqiga yordam berişimiz kerakligini aytib, bizni Turkiyaga jönatdi. Zilziladan zarar körgan özbeklar ham köp ekan.
Avval bir özim harakat qildim. Keyin Facebookʼdagi guruhim, «Sabo va uning döstlari» yordamga qöşilişdi. Vatandoşlarimizni uy bilan ta’minladik, biletlarini olib yurtga jönatdik.
Keyin Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi qoşida oçilgan tezkor yordam ştabiga qöşildim. Hozir Ğoziyantep viloyati Nurdoği şaharçasidamiz. Özbek palovi pişiryapmiz.
Nurdağida özbek palovi maşhur bölib ketdi. Tuşlikda navbat köpayib ketadi. Palovni tarqatib bölgaç, qişloqlarga çiqib, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalarga öyinçoq, aholiga kiyim-keçak tarqatyapmiz. Heç qanaqa şaroiti bölmagan çodirlarda yaşayapmiz. Qiynalyapmiz, lekin yuragimiz, vijdonimiz rohatda.
Men köproq bolalarni xursand qiliş payidaman. Bir haftaga yetadigan öyinçoqlarni ikki kunda tarqatib yuborib, endi nima qilaman deb boşim qotadi. Qişloq aholisi bilan yaqin bölib ketdik.
Özbekiston bayroği osilgan maşinamiz yaqinlaşişi bilan yonimizga yugurib kelişadi. Özlari qiyin ahvolda bölsalar ham şirinlik bilan çoy kötarib çiqişadi.
Meni bolalar köproq qiziqtiradi. Ularni biroz bölsa-da xursand qilişga harakat qilaman. Bolaligini unutib katta yoşli insonlarga aylanib qolgan şirintoylarni körib, özimning polaponlarim esimga tuşaveradi.
Vayron bölgan bolalar öyin maydoniga borib aylanaman. Bolalar köp bölsa ham, qiy-çuv qilib yugurişmaydi. Nimadandir xavotir olib, sekingina aylanib yurişadi. Çöntagimga töldirib olgan şarlarni bolalarga tarqatib çiqdim. Çetroqda qirq yoşli odamning quçoğida ötirgan qizaloqqa yaqinlaşdim.
Semiha Veysalning jiyani bölib, zilzila bölgan kuni jiyanini körgani borgan ekan. Veysal ukasinikiga kirib borganda oqşom bölgan ekan. Semihani öynatib vaqt ötganini bilmay qoladi. Onasi Semihani uxlatiş uçun olib kirib ketadi. Qöşni xonadan alla ovozi eşitiladi.
Aka-uka çoy ustida uzoq suhbat qurişadi. Bolalikni eslaşadi. Şirin xotiralar içida ğarq bölişadi. Ukasi uni yotib qolişga köndiradi. Zilzila bölganda Veysal oldinroq uyğonadi. Semihani qutqariş uçun yuguradi.
Yölak boşida Semihani kötarib olgan keliniga közi tuşadi. Bu orada ukasi ham orqasida edi. Orada atigi uç metr masofa bor edi. Şu onda uy qulab tuşadi. Veysal közini oçolmaydi. Oğziga, köziga tuproq tölib qolgan.
Yaqinroqda Semiha yiğlar, onasi uni ovutişga urinardi. Veysal oyoqlari bilan ukasini turtib köradi. Afsuski, ukasining tanasi muzlab bölgan ekan. Veysal Semiha tarafga sudralmoqçi böladi. Örtadagi ustundan ötib bölmasdi. Ustunning bir uçi kelinining yelkasidan bosib qolgandi.
U tizzalagança yelkasida ustunni tutib turardi. Agar qöyib yuborsa ustun Semiha ikkisini bosib tuşişi aniq edi. Soniyalar, daqiqalar, soatlar orqada qoldi. Onaning ortiq kuçi qolmagan. Tizzalari, yelkalari titraydi. Rangi oçarib ketgan. Faqat bolasini qutqarib qoliş uçun çidaşga majbur edi.
Semiha tinmay yiğlardi. Ona yelkasida ustunni tutgança alla ayta boşladi. Qölidan heç narsa kelmayotgan Veysal bor ovozida baqira boşlaydi. Qança baqirganini bilmaydi. Yuqoridan tuproq tökiladi.
Keyin teşik oçilib, yoruğlik oqib kiradi. Veysal yuqorida qutqaruvçilarni körib yiğlab yuboradi.
— Men çidayman. Uç metr oldinroqda kelinim, jiyanim bor. Avval ularni qutqaringlar.
Semiha va onasining ustidagi tuproq qatini oçişga yana bir soatça vaqt ketadi. Ayol avval farzandini çiqarişlarini iltimos qiladi. Qutqaruvçilar Semihani yuqoriga çiqarib oladi. Ona sönggi bor farzandining oyoğidan öpişga ulgurdi. Va sekinlik bilan yerga çözildi. Yelkasida soatlarça tutib turgan ustun ayolni bosib tuşdi.
Eng açinarlisi, Veysal va Semiha kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda, boşqa bir uyda keçagina Veysalni kulib kuzatib qöygan ota-onasining ham jasadi çiqarilayotgan edi.
— Bilasizmi, opa, butun bir suloladan ikkimiz qoldik. Alla aytişni örgandim. Hatto yaşaşga ham uyalyapman. Semiha meni hayotda tutib turibdi.
Qizaloqning yoniga yaqinlaşdim.
— Semiha, öyingohni yaxşi körasanmi? Bu yerga avval ham kelgandirsan.
— Oyim bilan har kuni kelardik. Oyim endi yöq. U öldi.
— Onalar ölmaydi, bolam. Şu daraxtga qara. Quşlarni köryapsanmi? Ular jannatdagi onalar. Bu yerga bolalarni körişga kelişadi.
— Oyim ham kelganmi?
— Ha. Qara, şu qanotlari çiroyli, rangli quş sening oying.
Semiha quşga tikilib qoldi. Keyin közlaridan marjondek yoşlari tökila boşladi.
— Ammo sen yiğlasang oying xafa böladi. Uning xafa bölişini xohlamaysan-ku, töğrimi?
Semiha şoşilib köz yoşini artdi.
— Xola, siz quş tilini bilasizmi?
— Ha, bilaman.
— Hozir oyim nima dedi?
— Semiha, seni juda yaxşi köraman, dedi.
Semiha daraxt tagiga yugurib bordi. Qöllarini quş tarafga çözdi.
— Oyi, men ham sizni juda, juda, juda yaxşi köraman.
Böğzimga nimadir tiqiladi, bu nimadir butun vujudimni kuydiradi. Yiğlab yubormaslik uçun özimda bazör kuç topaman.
Bu yerga kelganimdan beri şu kabi ta’sirli voqealarga juda köp guvoh böldim. Odamlarga yordam berganim, ular bilan suhbatlaşganim sari yaqinlarimizning, bolalarimizning bağrimizda bölişi qançalik baxt ekanini köproq his qilyapman. Borligimizda bir-birimizning qadrimizga yetaylik, deya mungli hikoyasini muxtasar qildi Sabo Ma’rufjonova.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi