Hayvonot boğlarida tomoşabinlarga panjara ortidan biroz yuvoş körinadigan yirtqiç har qanday holatda yirtqiçligini qilib qolişi mumkin. Ammo barça hayvonlar qatorida ularni ham boqiş, oziqlantiriş kerak böladi. Albatta, bu ançagina xavfli bölgan iş. Kiçkinagina e’tiborsizlik ham hayvon boquvçisining hayotini xavf ostida qoldirişi mumkin. Şu sababli, şer, yölbars yoki ayiqning qafasiga kiriş ajal bilan yonma-yon turişdek gap.

Yirtqiç hayvonlar qanday boqiladi, ular nimalar bilan oziqlanadi? Umuman, hayvon boquvçilarning kasbi qay darajada xavfli? Kun.uz muxbiri Andijon hayvonot boğida bölib, uşbu kasb egasi bilan suhbatlaşdi.

Mazkur hayvonot boğida hozirgi kunda 9 nafar hayvon boquvçisi işlaydi. Ehtiyotizlik yoki belgilangan tartiblarga rioya etmaslik ular uçun doimo xavfli. 

“Yirtqiç hayvonlar qafasiga 2-3 kişi bölib kiramiz: bir kişi taşqarida turadi, ikki kişi içkarida hayvonlarga ozuqa beradi. Yirtqiç hayvonlarga e’tibor bilan qaraladi. Oldinroq sodir bölgan holatga ham e’tiborsizlik sabab bölgan. Şerigimiz ayiq meni yaxşi körib qoldi, deb öylab qafasga yolğiz kirgan. Agar qafaslarni qulflab kirganida halok bölmasligi mumkin edi.

Yirtqiç hayvonlarning xotirasi bir yilda yangilanadi. Şuning uçun ular bir yoşga yetguniça özimiz oldiga kirişimiz mumkin. Biroq bir yoşdan söng qafasini alohida qilamiz va oldiga umuman kirmaymiz”, – deydi hayvon boquvçi Rejabali Yöldoşev.

Hayvonot boğidagi yirtqiçlarni qölga örgatib bölmaydi. Ular sirkdagilardan farq qiladi. Bu kasbning ham öziga yaraşa qiyinçiliklari bor.

“Katta şer va yölbarslarga 15-20 kilogrammdan sifatli toza göşt beriladi. Sal aynigan göşt kasal qilib qöyişi mumkin. Yovvoyi hayvonlarga katta-kiçikligiga qarab ozuqa beriladi”, — deya ta’kidlaydi boquvçi Rejabali Yöldoşev.

Andijon hayvonot boğida ayni paytda şer, yölbars, ayiq, böri va boşqa yirtqiçlar boqilmoqda.