Havas tarmoği taşkil etilganidan buyon ötgan 4 yil vaqt mobaynida qulay va arzon narxli savdo dökonlari soni 227 taga yetdi.
Bundan roppa-rosa 4 yil avval Özbekiston bozorida Havas diskaunterlar tarmoği paydo bölgan edi. Qisqa vaqt içida Havas yurtimizdagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biriga aylandi. Taşrif buyuruvçilar Havas'ni unda hamyonbop narxlarda sifatli zaruriy mahsulotlar töplami mavjudligi, xuşmuomala xodimlari, turar joylar yaqinida qulay joylaşgani uçun qadrlaydilar va har kuni tanlaydilar.
Özining 4 yillik faoliyati davomida uşbu asosiy tamoyillarga rioya qiliş orqali Havas yuz minglab odamlarning mehri va işonçini qozonişga muvaffaq böldi.

Hamyonbop narxlarda zaruriy va sifatli mahsulotlar
Havas diskaunterlar tarmoğida zaruriy va dolzarb kundalik iste’mol mahsulotlari tanlovi taqdim etilgan. Bu tarmoqning barça dökonlarini kerakli assortiment bilan ta’minlaş hamda mijozlarning vaqti va pulini tejaş imkonini beradi.
Işonçli ta’minotçilar bilan hamkorlik
Yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilişga alohida e’tibor qaratiladi. 227 ta Havas dökonlarining istalgan biriga kirgan taşrif buyuruvçilar barça mahsulotlarning yuqori sifati va sarxilligiga işonç hosil qilişlari mumkin.

Ta’minotçilarni ehtiyotkorlik bilan tanlaş Havas'ga hamyonbop narxlarda doimiy yuqori sifatli mahsulotlarni taqdim etiş imkonini beradi.
Uyingiz yaqinidagi sevimli dökon
4 yillik faoliyati davomida Havas Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi 227 ta dökondan iborat yirik çakana savdo tarmoğiga aylandi. Biroq bu hali çegara emas. Havas Toşkent va Özbekistonning boşqa hududlarida öz faoliyatini yanada kengaytirişga harakat qiladi.
Uşbu 4 yil davomida Havas özining sifatli oziq-ovqat, gigiyena va uy-rözğor mahsulotlarini eng maqbul narxlarda taqdim etiş orqali xalqqa xizmat körsatişdan iborat bölgan maqsadiga sodiq qolmoqda.
“Havas — xalq xizmatida”.












