Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli qizlarni a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 

Ularga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi. Shuningdek, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (15 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti beriladi. 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

- Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi;

- Samandarova Barno Tozaboy qizi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

- Abdukarimova Feruza Ulug‘bek qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);

- Muxtarxo‘jayeva Durdona Mutalibjon qizi - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati);

- Aminova Niginabonu Baxriddinovna - Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati);

- G‘ayratova Gulzoda San’at qizi - Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi;

- Anvarbekova Charos Anvarbek qizi - Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati);

- Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

- Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi;

- To‘rayeva Ma’mura O‘ral qizi - Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi;

- Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;