Turkiya Energetika vazirligi Rossiya bilan «gaz habi» qurilişini muhokama qiliş böyiça 22 mart kuniga belgilanganIstanbul uçraşuvi ötkazilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
«Yöq, 22 mart kuni heç qanday anjuman ötkazilmaydi, yangi sana belgilanmadi», deb agentlik öz manbasi sözlarini keltirdi.
Oldinroq tadbir 14 fevral kuniga belgilangan, ammo zilzilalar tufayli 22 martga köçirilgan edi. Bu safar u noma’lum muddatga qoldirilgan.
Uçraşuvning qoldirilişi Turkiyadagi halokatli zilzilalar va buning oqibatida yuzaga kelgan moliyaviy muammolar bilan boğliq. Endi Turkiya bu loyihani moliyalaştirişni Rossiya zimmasiga yuklamoqda.
Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Xavfsizlik va taşqi siyosat kengaşi a’zosi Çağri Erhon gapirdi.
«Turkiyada zilzilalardan keyin köp narsa özgargani uçun hab böyiça muzokaralar töxtatildi. Ustuvorliklar özgardi. Endi uni qurişga pulimiz yöq. Rossiyada pul bölsa, marhamat, habni qurişni boşlasin. Hammasi investitsiyalarga boğliq», dedi Erhon.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya bilan hamkorlikda «gaz habi»ni oçişni taklif qilgan edi. Bu bilan Rossiya öz gazini Turkiya orqali Yevropaga eksport qilişni rejalaştirgan edi.
Turkiya gaz habi taklifiga ijobiy munosabat bildirdi va ikki davlat rahbarlari tegişli idoralarga işlarni boşlaş böyiça körsatmalar berdi. Biroq Yevropa bu taklifni iştiyoqsiz kutib oldi. Ğarb ommaviy axborot vositalari rus gazini Yevropaga import qiliş uçun infratuzilmani yaratiş «heç qanday ma’noga ega emas»ligi haqida yozdi. Yevropa komissiyasi esa Yevropa Ittifoqi Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirişga intilayotganini eslatdi.














