O‘zbekiston | 10:39 / 11.03.2023
6828
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 3 yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Tszin Litsyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar, shuningdek, O‘zbekiston va OIIB o‘rtasidagi moliyaviy-texnikaviy  hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Bank rahbariyati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarni yuqori baholar ekan, OIIB O‘zbekiston bilan hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanligini tasdiqladi. O‘zbekistonning Bank mablag‘lari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish hajmi izchil o‘sib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar «O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasidagi Qo‘shma deklaratsiya»ni imzoladilar. Unda O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2023-2026 yillar uchun uch yillik hamkorlik dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Dastur energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash sohalarida loyihalarni amalga oshirishni qamrab oladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid