21 iyun kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Xitoy Eksport-import banki boşqaruvi raisi Çen Xuayyuy bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuv davomida amaldagi kelişuvlar ijrosi va yangi yönalişlar böyiça hamkorlik istiqbollari, jumladan, gidroenergetika obektlari qurilişi, qişloq xöjaligi sohasining barqaror rivojlanişiga va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilişga xizmat qiluvçi loyihalar muhokama qilindi.

2002 yildan buyon Xitoy Eksimbanki bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3,2 milliard AQŞ dollariga teng bölgan 51 ta loyiha amalga oşirildi. Ular zamonaviy infratuzilma qurilişi, «yaşil» energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, ta’lim, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarni qamrab olgan. Ayni paytda 1,9 milliard dollar qiymatidagi 2 loyiha amalga oşirilmoqda, 2,2 milliard dollar miqdoridagi 13 loyiha esa körib çiqilmoqda.

Uçraşuv yakunida telekommunikatsiya sohasida 500 million AQŞ dollariga teng miqdorda qarz şartnomasi imzolandi. ISSV rahbari Laziz Qudratov loyiha tezkor va samarali amalga oşirilişining muhimligini ta’kidlab, IT sohasidagi loyihalarni Eksimbank tomonidan qöllab-quvvatlanişi ijobiy natijalar berişiga işonç bildirdi.