“Toşkent şahridagi iste’molçilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori imzolandi.
Toşkent şahrining qöşimça elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini qoplaş uçun:
- “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi iştirokida Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanidagi quvvati 400 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasini quriş loyihasining birinçi bosqiçi (100 MVt);
- “China Gezhouba Group Investment Company Co. LTD” (Xitoy) kompaniyasi iştirokida Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida quvvati 700 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasini quriş loyihasining birinçi bosqiçi quvvatlari (100 MVt) joriy yil yakuniga qadar işga tuşirilişi belgilanmoqda.
Şuningdek, joriy yil yakuniga qadar quyidagi işlarni amalga oşiriş közda tutilmoqda:
- Yunusobod, Şayxontohur, Mirzo Uluğbek, Yaşnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bölgan 5 ta 110 kV kuçlanişli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarini quriş;
- Yunusobod, Mirzo Uluğbek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi4 ta podstansiyani rekonstruksiya qiliş orqali ularning ötkaziş quvvatini 179 MVAga oşiriş;
- jismonan eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarini zamonaviy turdagi kabel va simlarga almaştiriş.
Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun jami 3,5 trln söm miqdoridagi mablağlar yönaltiriladi. Xususan, 566 mlrd söm “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Özmetkombinat” AJ, “Özavtosanoat” AJning öz mablağlari, 199 mlrd söm “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning öz mablağlari hamda 2,7 trln söm “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jalb qiladigan tovar kreditlari.











