YeÇL. 1/8 final. Javob öyinlari
Bavariya — PSJ 2:0
Gollar: Şupo-Moting (61), Gnabri (89).
Bavariya – Zommer, Stanişiç, Upamekano, de Ligt, Goretska, Kimmix, Devis, Şupo-Moting (Sane, 68), Myuller (Kanselu, 86), Koman (Gnabri, 86), Musiala (Mane, 82).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Ramos, Danilu Pereyra, Markinos (Mukiele, 36; Bitşiabu, 46), Mendeş (Bernat, 82), Verratti, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 76), Vitinya (Ekitik, 81), Messi, Mbappe.
Birinçi öyin — 1:0.

19 fevral kuni Neymar «Lill»ga qarşi öyinda maydon markazida oyoğini qayirib olganida, internet braziliyalik futbolçining navbatdagi jarohati yana uning singlisi tuğilgan kuniga yaqin qolganida bölgani haqidagi memlar bilan tölib-toşdi. Faqat bu kulgili emas, qayğuli edi. Gap şundaki, «PSJ» öz vaqtida 222 million yevro tölagan forvard jamoada bölgan vaqtning qariyb uçdan ikki qismi jarohatlardan davolanişga ketgan. Navbatdagi jarohatdan keyin Ney faqat yozda, mavsumlar oraliğidagi tayyorgarlik jarayonida safga qaytişi mumkin.

«PSJ»ning öninçi raqamli futbolçisi faqat bir mavsumda Çempionlar ligasi pley-off bosqiçida töla soğ bölgan va Fransiyaning eng yaxşi jamoasi öşanda sovringa juda yaqin kelgandi. Öşanda yevrokuboklar pandemiyadan keyin özgartirilgan formatda yakunlangan, Neymarning holati yaxşi ekani oilaviy bayramlar ortda qolgani bilan boğlab hazillar qilingan, öyinlar yozda ötkazilgandi. Pley-offda çorak finaldan betaraf maydonda faqat bittadan öyin bölgan, nimçorak finalda «Borussiya» D bilan ikki öyin natijasiga köra (1:2, 2:0) ustun kelgan «PSJ» keyingi bosqiçlarda «Atalanta» (2:1) va «Leypsig»ni (3:0) ortda qoldirib, finalga çiqqan, lekin öşa mavsumda dahşatli formada bölgan «Bavariya»ga (myunxenliklar «Çelsi»dan ikki öyin natijasiga köra 7:1 hisobida ustun kelgan, keyin «Barselona» 8:2 hisobida mağlub etilgan, yarimfinalda esa öşa mavsum «Siti»ni turnirdan çiqarib yuborgan «Lion» osonlik bilan taslim etilgandi - 3:0) 0:1 hisobida yutqazgandi.

Parijliklarning şundan boşqa yorqin iştiroki tört yil oldin «MYu»ga qarşi öyinda sönggi daqiqalarda penaltidan ötkazilgan gol tufayli töxtatilgandi. Öşa oqşomda qöltiqtayoqdagi Ney hakamlar xonasiga bostirib kirişga uringan, u xonaga kira olmasa ham, ijtimoiy tarmoqlarda hakamlarni haqoratlagani uçun diskvalifikatsiyaga uçragandi.

Hozirda Parijda yetakçilardan biri yöqligidan pozitiv topişga urinişmoqda. Ham Messi va Mbappening sönggi uçraşuvlardagi yorqin öyinlari, ham pressingda u qadar faol bölmaydigan futbolçilar soni qisqarganiga işora qilib. Hatto boş murabbiy Kristof Galte braziliyalik futbolçi 17 gol urgani va 11 uzatma amalga oşirganini e’tirof etgan holda yarimhimoya çiziğida balans yuzaga kelganini tan oldi. Faqat murabbiy qarşisida boşqa savol paydo böladi: bu hujumda qöşimça ustunlik yöqolgani evaziga bölmadimi?