Finalda mezbonlar Iroq yoşlariga qarşi maydonga tuşib, xuddi guruh bosqiçida bölgani kabi 1:0 hisobida ğalaba qozonişdi. Ikkinçi bölimda Abbos Fayzullayev işlagan penaltini Umarali Rahmonaliyev golga aylantirdi.
Bellaşuv davomida Asad Jöraboyev, Abbos Fayzullayev va Nodirbek Abdurazzoqovda ham gol uriş uçun imkoniyatlar yuzaga keldi. Mehmonlarning birga bir vaziyatida esa Otabek Boymurodov super seyvi bilan jamoasi joniga ora kirdi.
Şu tariqa Özbekiston turli yoşlar toifasida 3-bor, boş murabbiy Ravşan Haydarov esa 2-marta çempionlikni qölga kiritdi. Bungaça U-17 va U-23 milliy jamoalari ham Osiyoda tengsiz deb topilgandi.
Muhimi — uşbu qit’a çempionatidagi muvaffaqiyatli iştirok evaziga U-20 jamoasi 2 oydan söng Indoneziyada bölib ötadigan yoşlar örtasidagi mundialga yöllanma oldi.
Çempionlar medallar va kubokni şaxsan prezident Şavkat Mirziyoyevdan qabul qilib olişdi.
E’tiborlisi, Özbekiston yoşlar jamoasi sardori Umarali Rahmonaliyev finalning, qanot yarimhimoyaçisi Abbos Fayzullayev turnirning eng yaxşi öyinçisi deb topildi. Otabek Boymurodov esa eng yaxşi darvozabonga aylandi.
Taqdirlaş marosimi va undan keyingi hissiyotli lahzalar Tribuna.uz fotomuxbiri obektiviga muhrlandi.






































































