Hal qiluvçi bahsda Ravşan Haydarov şogirdlarini qöllab-quvvatlaş uçun stadionga şaxsan mamlakat rahbari Şavkat Mirziyoyev ham taşrif buyurgan edi.

Qiziqarli va kuraşlarga boy ötgan töqnaşuvning 72-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev tomonidan işlangan penaltini Umarali Rahmonaliyev golga aylantirib stadionni larzaga keltirdi – 1:0. Bu yakuniy natijaga aylandi. 

Şu tariqa, Özbekiston yoşlar jamoasi Osiyo çempioniga aylandi. 

Iroqqa qarşi finaldagi ğalaba bilan Özbekiston öziga xos trebl qayd etdi– uç xil yoş toifasida Osiyo çempioni böldi. Vakillarimiz bungaça 2012 yil ösmirlar örtasida Osiyo çempionligini qölga kiritgan bölsa, 2018 yil Xitoyda Ravşan Haydarov qöl ostida Osiyo kubogi U23 ğolibiga aylangandi. Bugungi ğalaba Haydarovga oltin dubl, Özbekistonga esa treblni keltirdi. Bungaça Osiyoda faqatgina 4 jamoa – Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Iroq bunday natijaga erişa olgandi.

Osiyo kubogi U20. Final
18 mart (şanba)
Özbekiston U20 – Iroq U20 – 1:0
Hakam: Muhammad Nazmi (Malayziya)
Gol: Umarali Rahmonaliyev, 72 penaltidan.
Özbekiston U20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir Örozov, 8.Behrözbek Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliyev, 13.Zafarmurod Abdurahmatov (2.Izzatullo Pölatov, 83), 14.Abbosbek Fayzullayev, 15.Diyorbek Ortiqboyev, 20.Mahmudjon Mahamadjanov, 22.Şerzod Esanov (17.Nodirbek Abdurazzoqov, 60), 23.Asadbek Jöraboyev (7.Pölatxöja Xoldorxonov, 60).
Iroq U20: 22.Hussayn Hassan, 4.Qadim Ra’ad Hotam, 5.Abdul Razzoq Qosim, 6.Adam Tolib, 9.Mustafo Qobil (11.Aşar Ali, 77), 10.Abdulqodir Ayyub, 16.Ali Jassim, 18.Ali Sodiq, 19.Sajjad Muhammad, 21.Haydar Abdulkarim (7. Muhammad Jamiil, 80).