JÇ-2023ga kim qanday yetib keldi?  

Özbekiston U20 jamoasi mart oyida mamlakatimizda ötgan Osiyo kubogi U20 turniri çorakfinalida Avstraliyani penaltilar seriyasida mağlubiyatga (1:1, 5:4) uçratib, JÇ-2023 yöllanmasini qölga kiritgan. Yarimfinalda Janubiy Koreya ham penaltilar seriyasida (3:1) töxtatilgan bölsa, finalda Umarali Rahmonaliyevning Iroq darvozasiga penaltidan yöllagan goli Ravşan Haydarov jamoasiga Osiyo çempionligini keltirgan. 

Isroil U20 jamoasi esa turli siyosiy sabablarga köra Osiyodan Yevropa futbol ittifoqiga köçib ötişidan avval, 6 karra (1964, 1965, 1966, 1967, 1971, 1972 yillar) Osiyo çempioniga aylangan. Şunga qaramay, Isroil yoşlar jamoasi öz tarixida ilk marta jahon çempionatida qatnaşmoqda. Yaqin şarqliklar 2022 yilgi Yevropa çempionatida sensatsion tarzda finalgaça yetib borib, boş sovrin uçun kuraşda qöşimça bölimlarda Angliya U20 jamoasiga mağlub (1:3) böldi va JÇ-2023ga köhna qit’aning vitse-çempioni sifatida iştirok etmoqda. 

Qayd etiş joiz, JÇ-2023 oldidan Isroil beixtiyor mojaroga sabab böldi. Turnirni qabul qilişi belgilangan Indoneziyada Isroil U20 jamoasining mamlakatga kiritilişiga qarşi namoyişlar boşlanib ketgaç (Indoneziya Isroilni davlat sifatida tan olmagan, Falastinni tan olgan), FIFA aprel oyida JÇ-2023ni Argentinaga köçirişga qaror qilgandi. 

Öyin oldidan: kim qanday holatda? 

Ravşan Haydarov şogirdlari kiçik mundialning 1-turida mezbon Argentinaga alamli tarzda mağlubiyatga (1:2) uçragan bölsa, 2-turda Yangi Zelandiyaga qarşi bahsda sönggi daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib (2:2), guruhdan çiqiş imkoniyatini saqlab qoldi. Sönggi turda Şahzodbek Ne’matjonovning dubli evaziga Gvatemala ustidan işonçli ğalabaga erişgan vakillarimiz 2-örin bilan 1/8 finalga yöllanma olişdi. Ammo şu kuni turnirdagi 2-sariq kartoçkasini olgan jamoamiz sardori Umarali Rahmonaliyev pley-off öyinida vakillarimizga yordam bera olmaydi. Yana bir jihati ötgan uç öyinini Santyago del Estero şahrida ötkazgan Haydarov şogirdlari pley-off bahsini Mendoza şahrida ötkazişadi. 

Turnirdagi debyutini «C» guruhida Kolumbiyaga qarşi boşlagan Ofir Haim murabbiyligidagi jamoa sönggi daqiqalardagi gol sababli 1:2 hisobida mağlub böldi. Ikkinçi öyinda esa Isroil Senegalni yutolmadi – 1:1. Uçinçi turda esa Yaponiyaga qarşi saf tortgan yaqin şarqliklar kunçiqar yurt vakillaridan ustun kelib, Osiyo vakilini turnirdan çiqarib yubordi – 1:2. Bu esa ularga 2-örin bilan 1/8 final yöllanmasini keltirdi.