Turkiyadagi saylovlar: Erdöğan hokimiyatni saqlab qola oladimi?
|00:00 / 22.03.202346 94427 min
Erdöğan Turkiya prezidentligiga rasman nomzod böldi.
Foto: BBC RussianFoto: BBC Russian
Turkiyada saylov kampaniyasi tobora qizib bormoqda. 14 may kuni mamlakatda prezident va parlament saylovlari bölib ötadi. Prezidentlik uçun 9 yildan beri Turkiyani boşqarib kelayotgan, undan oldin 11 yil boş vazir lavozimida işlagan Rajab Toyyib Erdöğan asosiy nomzod sifatida kuraşadi. Muxolifat ham yagona nomzodini tanladi va bu koalitsiya iqtisodiy inqiroz, «erdonomika» va demokratik institutlar yöq qilinişidan jabr körgan eng xilma-xil saylovçilarni birlaştirişi kutilmoqda. Turkiya umuman tayyor bölmagan dahşatli zilzila saylovoldi kampaniyasiga qöşimça omillar qöşdi. BBC naşri saylovoldi poygasi iştirokçilari, asosiy intrigalar va istiqbollar haqida maqola tayyorladi.
Barça imkoniyatga ega bölgan nomzodlar
Butun ötgan yil davomida tahlilçilar agar turk muxolifati kelişuvga erişib, Rajab Toyyib Erdöğanga qarşi yagona nomzod körsatişga muvaffaq bölsa, ularda prezidentlik saylovlarida ğalaba qozoniş imkoniyati paydo bölişini ta’kidlab keldi.
Muxolifat nomzodni tanlaşni va uni e’lon qilişni oxirgi daqiqalargaça çözdi. Bunga bir tomondan, Erdöğan nomzodga nisbatan ma’muriy resurslarni qöllaşiga yöl qöymaslik maqsadi, boşqa tomondan esa, içki kelişmovçiliklar sabab böldi.
Muxolifat yetakçisi roliga asosiy nomzodlar ikki muhim şahar – Istanbul va Anqara merlari hisoblanayotgandi.
Ularning biri, Akrom Imomöğli 2019 yili Istanbul merligiga saylovda ğalaba qozongan 54 yoşli istiqbolli siyosatçi. Şahar rahbarligiga boşqa nomzodni qöllab-quvvatlagan, Imomöğlining ğalabasidan ğazablangan Erdöğan öşanda hammani saylovlar adolatsiz ötganiga işontirişga uringandi. Imomöğli 19 kun şahar hokimi bölib işladi, şundan söng saylov komissiyasi baribir saylov natijalarini bekor qildi va yangi saylov belgiladi. Imomöğli yana ğalaba qozondi va bu safar hatto hukmron partiya vakili bölgan raqibidan ustunligini oşirib oldi ham.
Istanbul meri Akrom Imomöğlining reytingi yuqori, ammo uning saylov komissiyasi bilan muammolari bor. Foto: NURPHOTO
Ammo aynan öşa saylovlar Imomöğlini prezidentlikka nomzod böliş imkoniyatidan mahrum etdi. U birinçi saylov natijalari bekor qilinişini ahmoqlik deb atadi, natijada Imomöğli saylov komissiyasi a’zolarini haqorat qilişda ayblanib, qamoq va siyosiy faoliyatni taqiqlaş jazosiga hukm qilindi.
Mavzuga oid
Uning apellyatsiyasini körib çiqilgunga qadar Imomöğli Istanbul meri bölib qoladi. Ammo unga istalgan soniyada haqiqiy qamoq jazosiga qöllanişi mumkinligini tuşungan holda, Imomöğli prezidentlik saylovlarida öz nomzodini ilgari surmadi.
Yana bir potensial nomzod Anqara şahri hokimi Mansur Yavaş edi. Uning Turkiya siyosatidagi yöli Imomöğlinikidan unçalik farq qilmaydi. Yavaş bir neça bor Anqara merligi saylovlarida qatnaşgan va 2019 yilda, uçinçi urinişda ğalaba qozonişga erişgan.
Turkiya poytaxtini boşqargan yillarida Yavaş deyarli qattiq tanqidga uçramadi va şaharda unga hurmat bilan munosabatda bölişdi. Imomöğlidan farqli ölaroq, Yavaş kamdan kam intervyu beradi va şahar hokimi sifatidagi faoliyati doirasidan taşqaridagi masalalarda kam gapiradi. Şu bilan birga, ijtimoiy sörovnomalarda u hatto Imomöğlidan ham, Erdöğandan ham yuqorida bölib, yetakçi örinni egallagan.
Ammo keng muxolifatdan prezidentlikka nomzod böliş uçun Anqara meriga millatçi imiji tösqinlik qildi, çunki uning nomzodlikka tanlanişi saylovlarda hal qiluvçi rol öynaşi mumkin bölgan söl qanot saylovçilari va kurdlarni koalitsiyadan uzoqlaştirişi mumkin edi.
Oxir-oqibat, olti partiya tortişuvlar, bahslar va demarşlar bilan uçinçi nomzod böyiça kelişuvga erişdi. Bu tanlov ham dastlab hammaga ma’qul kelmadi, lekin u potensial ravişda eng keng ommani, jumladan kurd saylovçilarni birlaştirişga qodir edi. Biroq muxolifat muzokaralarida kurdlarning vakillari iştirok etmadi.
Olti stol
«Xalq koalitsiyasi» nomi bilan tanilgan Turkiya muxolifati olti partiyadan iborat: Otaturk tomonidan asos solingan «Jumhuriyat xalq partiyasi» (Cumhuriyet Halk Partisi, CHP), «Saodat partiyasi» (oldingi Fazilet Partisi), öng qanot millatçi «Yaxşi partiya» (İYİ Parti), markazçi «Demokratik partiya» (Demokrat Parti), «Demokratiya va taraqqiyot partiyasi» (Demokrasi ve Atılım Partisi, DEVA) hamda hukmron partiyaning sobiq raisi, sobiq boş vazir va sobiq taşqi işlar vaziri Ahmad Dovudöğli tomonidan asos solingan «Kelajak partiyasi» (Gelecek Partisi).
Bunday turli qaraşdagi kuçlarning siyosiy kuraşda birlaşişga tayyorligi ularning saylovçilari mamlakatdagi özgarişlarni qançalik kutayotganidan dalolatdir.
Muxolifatni birlaştiriş uçun Jumhuriyat xalq partiyasi yetakçisi Kamol Qiliçdoröğli mas’ul böldi. Va köpçilik hamkasblari aynan uni Turkiya prezidenti sifatida körişga tayyor.
Muxolifat qurultoyi 2 mart kuniga belgilandi va ular 6 mart kuni yagona nomzodni e’lon qilişga va’da berdi. Bu tört kun «Xalq koalitsiyasi» uçun haqiqiy dahşatga aylandi. «Yaxşi partiya» rahbari Meral Akşenerdan taşqari barça Qiliçdoröğli nomzodini qöllab-quvvatladi.
Akşener Qiliçdoröğli nomzodini ma’qullamasligini heç qaçon yaşirmagan va undan ehtimoliy nomzod haqida söralganda, u Qiliçdoröğlining imkoniyatlariga işonmasligiga işora qilib, «biz ğalaba qozonadigan insonning nomzodini xohlaymiz» deya javob bergan. Ammo uning fikri jiddiy tösiq bölmaydigandek tuyulgandi.
Bu tuyğu haqiqatdan yiroq edi. Akşener yoki Akrom Imomöğli, yoki Mansur Yavaş muxolifatning yagona nomzodi bölişi kerak deb turib oldi.
U koalitsiyani xalq irodasini ifoda eta olmayotganlikda ayblab, «oltilik stoli»ni tark etdi. U, şuningdek, Istanbul va Anqara merlariga murojaat qilib, ularni «mas’uliyatni öz zimmasiga oliş va xalq çaqiriğiga javob beriş»ga çaqirdi. Akşenerning fikriça, ularning mamlakatdagi maşhurligi va yuqori reytingi Erdöğanni mağlub etişga yordam beradi. Ekspertlar bu demarşni siyosiy suiqasd deb atadi.
Imomöğli va Yavaş özaro uçraşdi va şundan söng ularning ikkisi ham Jumhuriyat xalq partiyasi yetakçisini qöllab-quvvatlab, muxolifat yetakçisi rolidan voz keçişdi.
«Qiliçdoröğli maşhurroq bölgani uçun muxolifat nomzodi bölmadi. Istanbul va Anqara merlarining reytingi yuqoriroq edi. Lekin Qiliçdoröğli — partiya yetakçisi. Şuning uçun Yavaş va Imomöğli Kiliçdoröğlining tasdiqlovisiz nomzod böla olmasdi va u öz nomzodini ilgari surdi», deydi Karnegi markazining katta ilmiy xodimi Sinan Ulgen.
Turkiya siyosati böyiça ekspert Firdavs Robinsonning sözlariga köra esa, Qiliçdoröğli Istanbul va Anqara ustidan nazorat Erdöğan partiyasiga ötmasligi uçun şunday qaror qabul qilgan. Saylovda qatnaşiş uçun merlar öz lavozimlaridan iste’foga çiqişi kerak edi.
«Agar şunday holat yuz bersa, şaharlar ustidan nazorat hukmron partiya qöliga ötadi», deydi u.
Oxir-oqibat partiyalar kelişuvga erişdi va «oltilik stol» tarqalib ketmadi. Kelişuvga köra, Qiliçdoröğli prezident bölsa, yoşroq va maşhurroq Imomöğli yoki Yavaş vitse-prezident lavozimini egallaydi.
Turkça «tuz yurişlari»
Kamol Qiliçdoröğli 74 yoşda. U 13 yildan beri mamlakatdagi eng keksa Jumhuriyat xalq partiyasini boşqarib keladi.
Qişloqdan çiqqan bölişiga qaramay, Qiliçdoröğli Anqarada iqtisodiyot böyiça ta’lim olgan, söngra Turkiya moliya vazirligida işlagan. Keyinçalik u mamlakatning ijtimoiy suğurta jamğarmasini boşqargan va 1990-yillarda, asosan korrupsiyaga qarşi kuraşi uçun mahalliy iqtisodiy jurnal tomonidan «yil amaldori» e’tirofiga sazovor bölgan.
Qiliçdoröğli va Erdöğan örtasidagi asosiy farq: birinçisi davlat xizmatçilari mamlakat muammolarini hal qilişda asosiy rol öynaşi mumkin deb hisoblaydi, ikkinçisi esa byurokratiyani tösiq deb biladi.
Foto: Getty Images
1999 yilda Qiliçdoröğli davlat xizmatini tark etadi. U ma’lum vaqt universitetda dars beradi va hatto turk banklaridan birining direktorlar kengaşiga qöşiladi. Ammo tez orada siyosatçi bölişga qaror qiladi va Turkiya parlamenti — Buyuk Millat Majlisi deputati etib saylanişga muvaffaq böladi.
Qiliçdoröğlining şeriklaridan biri DW naşri bilan suhbatda prezidentlikka nomzod haqida şunday dedi: «U rasmiy hujjatlar bilan töla xonada har qanday qonunbuzarliklarni tezda topadi va korrupsiyani aniqlay oladi».
2016 yilda Turkiyada davlat töntarişiga uriniş sodir böldi, harbiylar Istanbuldagi Bosfor böğozi köpriklarni tösib qöydi, qiruvçi samolyotlar va vertolyotlar havoga kötarildi. Harbiylar Erdöğan endi hokimiyat tepasida böla olmasligini ta’kidladi. Davlat töntarişiga uriniş ortida kim turgani haqidagi savolga haligaça aniq javob yöq. Erdöğan esa bu voqealardan undan norozi bölganlarni jazolaş uçun foydalandi.
Kamol Qiliçdoröğli dastlab davlat töntarişiga urinişni «demokratiyaga qilingan hujum» deb atadi. Bir neça kundan keyin Erdöğan mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Ommaviy tozalaşlar boşlandi: öqituvçilar va sudyalar işdan böşatildi, ön minglab davlat xizmatçilari işsiz qoldi, yoppasiga jinoiy işlar qözğatildi, köplab insonlar mamlakatni tark etişga majbur böldi.
Şundan keyin Qiliçdoröğli bölayotgan voqealarga munosabatini özgartirdi. U davlat töntarişiga urinişni «boşqarilgan» deb atadi va konstitutsiyaga Turkiya prezidenti vakolatlarini yanada kuçaytiruvçi özgartirişlar kiritilişiga yöl qöymaslik uçun bor kuçini sarfladi.
Biroq urinişlar muvaffaqiyatsiz tugadi, 2017 yilda konstitutsiyaviy referendum ötkazildi, konstitutsiyaga özgartirişlar kiritildi.
2017 yilning 12 iyun kuni Anqarada minglab odamlar köçaga çiqdi. Ularning rahbari Qiliçdoröğli namoyişçilar bilan birgalikda poytaxtdan Istanbulgaça 450 kilometr yöl bosib ötişni maqsad qildi. Bu Turkiya xalqining noqonuniy hibsga oliş va tozalaşlarga javobi — «Adolat marşi» edi.
30 mingga yaqin odam Turkiya yozi jaziramasida piyoda yurib, kuniga taxminan 20 kilometr yöl bosdi. Ularning plakatlari va futbolkalariga «adalet» (adolat) sözi bitilgan edi.
Kolonna 9 iyul kuni Istanbulga yetib keldi. Marş yuz minglab odamlar iştirok etgan miting bilan yakunlandi va Qiliçdoröğli minbardan turib hukumatdagi tozalaşlar mamlakat sud tizimini qanday özgartirişi haqida nutq sözladi.
Marşda qatnaşayotgan Qiliçdoröğli. Foto: AFP
Öşa yilgi «Adolat marşi» köpinça Mahatma Gandining «Tuz marşi» bilan taqqoslanadi. Şu sababli, şuningdek, ba’zi taşqi öxşaşliklar va Qiliçdoröğlining jamoat oldida özini tutişi sabab siyosatçi «turk Gandisi» deb ataldi.
Parlamentar respublikaga qaytiş
Turkiya siyosati böyiça ekspert Firdavs Robinson Qiliçdoröğlini tajribali siyosatçi deb atagan. «U halol, yumşoq, ammo intizomli va qat’iyatliligi bilan obröga ega», deydi ekspert.
Qiliçdoröğli bu saylovda köp va’dalar bilan qatnaşmoqda. Yanvar oyi oxirida «oltilik stol» mamlakatdagi vaziyatni özgartiriş böyiça aniq takliflarni öz içiga olgan 250 sahifalik hujjatni e’lon qildi.
Agar bu hujjatdagi asosiy tezislar umumlaştirilsa, muxolifat unda huquq va erkinliklar uçun kuraşiş, korrupsiya va qarindoş-uruğçilikdan xalos böliş, NATO ittifoqçilari bilan mavjud kelişmovçiliklarni bartaraf etiş uçun taşqi siyosatni Ğarbga yönaltiriş, Erdöğanning mamlakatni inqirozga olib kelgan noodatiy iqtisodiy va moliyaviy siyosatidan voz keçiş va söz erkinligini ta’minlaşga va’da bergan.
Ammo asosiy maqsad Turkiyani parlament tizimiga qaytariş va Erdöğanga maksimal vakolatlar bergan 2017 yilgi tuzatişlarni yöq qiliş uçun konstitutsiyaga yana özgartiriş kiritişdir.
«Atrofini salohiyati uçun emas, balki sadoqati uçun tanlagan odamlar bilan örab olgan avtoritar Erdöğandan farqli ölaroq, Qiliçdoröğli meritokratiyani (ya’ni eng qobiliyatli kişilar rahbarlik lavozimlarini egallaş tamoyilini) tiklaşga va’da bermoqda», deydi Firdavs Robinson.
NURPHOTO
Bu va’dalar köpçilik taşqi kuzatuvçilar uçun jozibali körinadi. Lekin turk jamiyati ança murakkab.
Hukmron «Adolat va taraqqiyot partiyasi» özining yigirma yillik boşqaruvi davrida diniy mansublik orqali turli ijtimoiy guruhlar bilan bosqiçma-bosqiç muloqot örnatdi. «Turk musulmoni» qiyofasi mana şu yöl bilan şakllantirilgan bölib, u köplab turklar uçun ham mamlakat içida, ham xorijda birlaştiruvçi böğin böldi.
Erdöğan muntazam ravişda uşbu kartadan foydalanadi: mamlakatdagi muammolarda «taşqi duşmanlar»ni ayblaydi va aybdor sifatida «musulmon bölmagan Ğarb»ni körsatadi. Turkiya prezidenti Turkiya iqtisodiyotiga «hujum» (garçi asosan Erdöğanning özi olib borayotgan samarasiz siyosat oqibati bölsa ham) va millatni birlaştiruvçi e’tiqodga «hujum» örtasida farq yöqligini bir neça bor ta’kidlagan.
Bölajak saylovlar oldidan Erdöğan yana odatiy ritorikasiga qaytdi: Ğarb matbuoti Turkiya saylovlarining jahon siyosati uçun ahamiyati haqida gapira boşlaganida, prezident buni «Ğarb saylovlarga ta’sir ötkazmoqçi» degan versiyaga aylantirdi.
Şu bilan birga, mustaqil jurnalistlar har gal hukmron partiyani islomiy deb ataganida, uning rahbariyati darhol buni rad qilişga uringan va «yöq, biz şunçaki konservativ demokratlarmiz» deya javob qaytargan.
Turkiyadagi dindor ayollar köp vaqt davomida hijob öraş huquqi uçun kuraşib kelgan. Bu talabni qöllab-quvvatlaş öz vaqtida Erdöğan partiyasiga hokimiyatga kelişda yordam bergan. Foto: Getty Images
Bunday ğoyalar (Ğarbni yomonlaş usuli) köpinça öz millati buyukligi, taşqi duşmanga qarşi turadigan madaniy va diniy qadriyatlar ğoyasi osongina qabul qilinadigan jamiyatlarda maşhur böladi.
Va hatto Erdöğan siyosatidagi muammolarni yaqqol körgan diniy jamoat vakillari ham dunyoviylik tamoyilini, ya’ni din va davlatni aniq ajratişni tarğib qilgan muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasini qöllab-quvvatlaşga tayyor emas.
Bu amalda, masalan, hozirgi muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi hokimiyat tepasida turganda, ta’lim va davlat muassasalarida ayollarning römol va hijob öraşini taqiqlaşni qöllab-quvvatlaganida ifodalangan edi. Yillar davomida yoş qizlar maktablarda, davlat xizmatçilari esa iş joylarida hijob kiyiş huquqi uçun kuraşdi. Erdöğan va uning partiyasi bu vaziyatdan muvaffaqiyatli foydalanib, taqiqni bekor qilişga çaqirdi. Öşandan beri u öz partiyasining sa’y-harakatlari tufayli turk ayollari hijob kiyiş huquqiga ega bölganini doimo ta’kidlab keladi. Muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi esa hijobni turk demokratiyasiga tahdid (yoki heç bölmaganda bunday tahdidning ramziga aylangan) deb hisoblaşda davom etmoqda.
Ammo 2022 yil kuzida Kamol Qiliçdoröğli va uning partiyasi jamiyatning diniy qismi qöllab-quvvatlovidan mahrum bölayotganini nihoyat anglab yetdi. Qiliçdoröğli partiya tomonidan yöl qöyilgan xatolar uçun uzr söradi va ayollarning hijob öraşi huquqi saqlanib qolişiga va’da berdi.
Erdöğanning muammolari
Erdöğan uçun vaziyat hozirça yaxşi ketayotgani yöq. Uning reytingi hamon yuqori: sörovnomalarga köra, 44 foiz respondentlar amaldagi prezidentga ovoz berişga tayyor, ammo Qiliçdoröğli 55 foiz ovoz bilan raqibidan oldinda.
2011 yilda Turkiya dunyoning 17-yirik iqtisodiyoti böldi va iqtisodiy ösiş böyiça G20’ning barça davlatlaridan özib ketdi. Erdöğan öşanda Turkiya 2023 yilga borib dunyoning eng kuçli iqtisodiyoti öntaligiga kirişiga va’da berdi.
2023 yil ham keldi, lekin Turkiya öz maqsadidan faqat uzoqlaşdi. Mamlakatda iqtisodiy inqiroz davom etmoqda. Odamlar eng asosiy narsalar — oziq-ovqat va transport narxlari qançalik oşib borayotganini sezmoqda. Bu inqirozning sababi aynan Erdöğan mamlakatda qurgan tizimda.
Markaziy bank aslida muxtoriyatga ega emas va faqat prezident undan kutgan qarorlarni qabul qiladi. Prezidentning esa pul-kredit siyosati böyiça öziga xos qaraşlari bor.
Narxlar ösişi Turkiya aholisi uçun asosiy muammolardan biri bölib qolmoqda. Foto: SOPA IMAGES/LIGHTROCKET
Butun dunyoda markaziy banklar inflatsiya tezlaşişiga asosiy stavka – Markaziy bankning tijorat banklariga kredit beriş foizini oşiriş orqali reaksiya bermoqda. Ammo Turkiyada Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi, bu esa inqirozni yanada kuçaytirdi.
Işsizlik darajasi yuqoriligi ijtimoiy keskinlik va muhojirlar oqimi tufayli yuzaga kelgan salbiy kayfiyatni kuçaytiryapti.
«Turkiya aholisi juda köp bölgan davlat. Mamlakatdagi birgina suriyaliklarning özi 4 millionga yaqin. Bu muammoni kim hal qiladi? Bu juda jiddiy masala, çunki bu odamlar ham iş olmoqda. Bu Erdöğanning «Axilles tovoni» va muxolifat aynan şunga katta bosim bermoqda», deydi Rossiyaning Yangi Turkiyani örganiş markazi direktori Yuriy Mavaşev.
Mavaşevning fikriça, Erdöğan özining «islom birdamligi» haqidagi gaplari bilan özini burçakka qisib qöydi. Agar u barça bayonotlaridan keyin muhojirlar bilan boğliq muammoni radikal hal qila boşlasa, hatto saylovçilar ham uni ikkiyuzlamaçilikda ayblaydi.
Amaldagi prezidentning asosan yirik şaharlarga köçib kelgan sobiq qişloq aholisidan iborat elektorati şundoq ham norozi kayfiyatda. Istanbul va Anqaradagi hayotlari davomida ular turmuşlari qançalik yaxşilanganini his qilişga muvaffaq böldi, lekin sönggi yillarda va ayniqsa, inqiroz boşlanişi bilan ular ham yuqori narxlar va işsizlik muammosiga duç keldi.
Zilzila
Erdöğan rejimi asosan iqtisodiyotni barqarorlaştiriş böyiça va’dalarga tayangani hisobga olinsa, hozirgi inqiroz amaldagi prezident uçun jiddiy muammo.
Katta ma’muriy resurslarga ega bölgan tajribali siyosatçi Erdöğan oldin heç qaçon populistik qarorlar qabul qilişdan, hatto ular milliy iqtisodiyotga aniq zarar yetkazişi mumkin bölsa ham qoçmagan. U reytingga ta’sir körsatadigan hozirgi iqtisodiy muammolarni siyosiy vositalar bilan ikkinçi planga tuşirişi mumkin edi. Ammo u saylov sanasini belgilaganidan keyin Turkiyada zilzila sodir böldi. Zilzila oqibatida ön minglab odamlar halok böldi. Bir milliondan ortiq odam boşpanasiz qoldi.
Erdöğanning partiyasi vayronagarçiliklar uçun aybni sifatsiz materiallardan foydalangan işlab çiquvçilarga yuklaşga harakat qildi. Bu reja faqat qisman işladi. Sörovnomalar natijalariga köra, Turkiya aholisining 34 foizi sodir bölgan voqeada hukumatni, 26,9 foizi işlab çiquvçilarni ayblaydi. Erdöğanning uzoq yillik tarafdorlari orasida esa vaziyat teskari, ularning 46,2 foizi quriliş kompaniyalari mas’uliyatiga işonadi.
Muxolifat yetakçisi Qiliçdoröğli, ayb hukumatda ekani, u korrupsiya va past quriliş standartlariga yöl qöyganini aytdi.
BMT ma’lumotlariga köra, zilzila tufayli Turkiya körgan iqtisodiy zarar miqdori 100 milliard dollardan oşadi. BMT matbuot kotibi Luiza Uinton vaziyatni quyidagiça izohladi: «Mamlakatning ehtiyojlari juda katta, ammo resurslar kam».
Prezidentlik poygasida kim ğalaba qozonişi va parlamentda köpçilik örinni qölga kiritişidan qat’i nazar, Turkiyani qiyin kunlar kutmoqda. Firdavs Robinsonning aytişiça, mamlakat iqtisodiyotda, armiyada, davlat sektorida va ta’lim tizimida tub islohotlarga muhtoj.
Zilziladan eng köp zarar körgan hududlarda töqqiz millionga yaqin saylovçi bor, ular mamlakatdagi 600 nafar qonun çiqaruvçidan 96 nafarini öz ovozlari bilan saylaşi mumkin. Şuning uçun ham bu ovozlar uçun doimiy kuraş olib borilmoqda.
Rasmiylar qöllab-quvvatlovni saqlab qolişga umid qilib, odamlarga tovon puli tölaş va uylarni tezda tiklaşga va’da berdi hamda vayronalarni tozalaş dasturlarini tezlaştirdi. Muxolifat ham odamlarni öz tomoniga tortişga harakat qilmoqda. Istanbul, Anqara va Izmir ma’muriyatlari muxolif merlari bilan jabrlangan hududlarga qutqaruv guruhlari va insonparvarlik yordamlarini jönatdi.
Ammo uşbu saylov natijalarga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin bölgan yana bir saylovçilar guruhi bor.
SOPA IMAGES/LIGHTROCKET
Kurdlar hal qiladi
«Xalqlarning demokratik partiyasi» (XDP) Turkiya parlamentida yirikligi böyiça uçinçi örinda turadi. Bu mamlakatdagi etnik ozçiliklar, xususan kurdlar huquqlarini himoya qiluvçi söl siyosiy kuç.
Kurdlar — milliy davlati bölmagan eng katta xalqdir. Birinçi jahon uruşidan keyin millionlab kurdlar istiqomat qilgan hududlar Turkiya, Iroq, Suriya va Eron örtasida taqsimlanadi. Biroq kurdlar deyarli heç qayerda assimilyatsiyaga uçramadi. Bu mamlakatlarning aksariyatida ular ta’qibga uçragan, huquqlari e’tibordan çetda qolgan.
Turkiyada kamida 15 million kurd yaşaydi. Turli hisob-kitoblarga köra, ular aholining 15-23 foizini taşkil qiladi. Aynan ular «Xalqlarning demokratik partiyasi»ni doimiy ravişda qöllab-quvvatlaydi.
Bu partiyaning bir qança deputatlari terrorizmda ayblanib, qamoqqa olingan. Partiyaning sobiq yetakçisi Salohattin Demirtoş 2016 yilda hibsga olingan. U 1970-yillar oxirida tuzilgan, qurol yordamida mustaqillikka erişmoqçi bölgan Kurdiston işçilar partiyasi bilan aloqada bölganlikda ayblangan.
Demirtoş va uning boşqa tarafdorlari, uning jinoiy işidan köplab qonunbuzarliklar topgan Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi siyosatçini zudlik bilan ozod qilişni talab qilganiga qaramay, qamoqda qolmoqda.
Partiyaning özi tugatiliş arafasida. Boş prokuratura partiyani «ayirmaçilik faoliyati» va Kurdiston işçilar partiyasi bilan aloqadorlikda ayblagan. 12 may kuni Konstitutsiyaviy sudda partiyani tarqatib yuboriş yoki tarqatmaslik masalasini hal qiladigan yiğiliş ötkazilişi rejalaştirilgan.
Kurdlarning milliy bayramlari doimo yuqori darajadagi xavfsizlik çoralari körilgan holda ötkaziladi. Foto: AFP
«Xalqlarning demokratik partiyasi» muxolifat koalitsiyasiga taklif etilmagan, partiya yetakçilarining özlari ham bunday taklifni kutmasligi haqida aniq tuşunça bergan. Lekin aynan mana şu partiya saylov natijalariga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin.
Erdöğan yoki Qiliçdoröğli XDP qöllab-quvvatloviga erişmay turib, birinçi turda 50 foizlik tösiqdan işonçli tarzda öta olişi dargumon. «Agar XDP nomzodni qöllab-quvvatlasa, muxolifat birinçi turdayoq ğalaba qozonişi mumkin», deydi Sinan Ulgen.
«XDP bir narsani — unga qonuniy siyosiy partiya sifatida qaralişini xohlaydi. Qiliçdoröğli saylovoldi kampaniyasi paytida partiya rahbariyati bilan uçraşişni va’da qildi va bu muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, XDP uning partiyasini qöllab-quvvatlaşi va özidan kimnidir nomzod sifatida körsatmasligi mutlaqo mumkin hodisa. Agar bu yuz bersa, Qiliçdoröğlining birinçi turda ğalaba qozoniş imkoniyati sezilarli darajada oşadi», deya qöşimça qiladi Firdavs Robinson.
Turkiyaning ingliz tilidagi «Today’s Zaman» gazetasining sobiq muharriri, özining muxolif qaraşlarini heç qaçon yaşirmagan va prezidentni tez-tez tanqid qilib kelgan Bulent Keneş Erdöğan saylov natijalariga qarşi kuraşiş heç qanday vositaga ega bölmasligi uçun muxolifat 15 foiz ustunlik bilan ğalaba qozonişi kerakligini ta’kidlagan.
«Farq şunçalik katta bölişi kerakki, Erdöğanda manipulyatsiya qiliş imkoniyati qolmasligi kerak. U muxolifatga muammo yaratişda mohir. Kurdlar ham bu saylovda muhim rol öynaşi mumkin. Menda Kamol Qiliçdoröğli qaysidir ma’noda kurdlarga ma’qul keladigan va ularga nisbatan adolatli siyosat yurita oladigan ideal nomzod degan tuşunça bor», — deydi Keneş.
Saylov
Erdöğan rejimining qattiqqölligiga qaramay, Turkiyada saylovlar muhim rol öynaydi. Sönggi ön yilliklarda insonlar siyosatga ta’sir ötkaziş imkoniyatiga ega ekaniga örganib qolgan va heç kim bu imkoniyatdan ayrilişga tayyor emas.
«Propaganda nima bilan şuğullanişidan qat’i nazar, Turkiyada Rossiyadagi kabi usullar bilan harakat qilib bölmaydi. Bu mutlaqo boşqa xalq, boşqa siyosiy madaniyat. Agar kimdir rus namunasidagi biror usulni qöllaşga jur’at qilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib keladi: yuz minglab, balki millionlab odamlar köçaga çiqadi. Ularga kim qarşilik körsata oladi? Hatto xavfsizlik kuçlari orasida ham Otaturk partiyasi tarafdorlari köp. Xavfsizlik kuçlari Erdöğan uçun xalqqa qarata öq otmasligi aniq. Erdöğan buni tuşunmasligi mumkin emas, şuning uçun u vaziyatni keskinlaştirmaydi», deydi Mavaşev.
Istanbulda muxolifat yetakçisi Qiliçdoröğlini qarşilayotgan ayol. 2015 yilda olingan surat. Foto: AFP
Muxolifat nomzodi Akrom Imomöğli ikki marta ğalaba qozongan Istanbul merligiga saylovlar köpçilikka namuna böldi: hatto hukumat natijalarni bekor qilsa ham saylovçilar Imomöğlini qöllab-quvvatlaşi tobora ortib bordi va saylovçilar öz xohiş-irodasiga heç qanday aralaşuvga yöl qöymasliklarini oçiq körsatdi.
«Ha, saylovlar 100 foiz adolatli ötişi dargumon. Lekin şunga qaramay, bu xalq ovozi böladi. Hukumat ham, butun siyosiy tuzum ham bu saylov natijalarini qabul qilişi kerak. Va menga körinayotgan eng aniq ssenariyda Turkiya bu saylovlar natijasida demokratiyaga ötadi», deydi Sinan Ulgen.
Mamlakatni tark etgan jurnalist Bulent Keneş esa öz prognozlarida ança ehtiyotkor. U Qiliçdoröğlining ğalaba qozoniş imkoniyati borligiga işonçi komil, biroq öşanda ham Turkiyaga qaytişga tayyor emas.
«Turkiya muammosi faqatgina uning rahbari kimligida emas. Aksinça, lider jamiyatda mavjud bölgan ijtimoiy va hatto axloqiy muammolarning natijasidir va men u yer menga qulay bölişiga işonçim komil emas. 2013 yilda Erdöğan katta korrupsiya mojarosi markaziga tuşdi. Va nima böldi? Odamlar baribir unga ovoz berdi. Şuning uçun men yangi rahbar Turkiyani sivilizatsiyalaşgan dunyoning bir qismiga, işonçli hamkorga aylantira olişiga umid qilaman. Va öşanda, ehtimol, men ham öz fikrimni özgartiraman» degan jurnalist.