C guruhi

 Argentinalik hujumçi Italiya uçun yana gol urdi

Malta – Italiya 0:2
Gollar: 0:1 – 15 Retegi, 0:2 – 27 Pessina.
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso (Darmian, 46), Romanoli, Skalvini (Toloi, 83), Emerson, Kristante, Pessina, Tonali (Verratti, 67), Politano, Retegi (Skamakka, 66), Nonto (Grifo, 22).

Italiya birinçi turda eng qiyin raqibga tuşgani tuşunarli, ammo inglizlardan mağlubiyat juda oğriqli qabul qilindi. Qolaversa, «Skuadra adzurra» bungaça 1999 yildan buyon Yevropa çempionati uçun saralaş öyinlarida yutqazmayotgandi, sönggi marta saralaş turnirini Yevro-1974 arafasida mağlubiyat bilan boşlagandi.

Bunday vaziyatda Malta ustidan ğalaba muhim edi va unga erişildi. Şu bilan birga, aytiş mumkinki, Roberto Mançini öz tanqidçilari bilan sirtqi bahsda ham ustun keldi. Jumladan Italiyada hujumçilar yetarli ekanini aytgan Balotellidan ham. Murabbiy esa aksinça hujumçilar bilan boğliq muammo jiddiy ekanini qat’iy ta’kidlamoqda va bir qator futbolçilar jarohatlangani va formada emasligi uning sözlarini asoslaydi.

Naturallaştirilgan argentinalik Retegi esa Mançinining işonçini oqlab, öz işini a’lo darajada uddalamoqda. Avvaliga Angliyaga qarşi debyut öyinida gol urdi, yakşanba kuni esa Tonalining burçak zarbasidan uzatmasini darvozaga joyladi. Aslida farqi bölmasligi kerak — Retegi italyança gapiradimi yoki yöq. Bunday premera — dastlabki ikki öyinda ikki gol — Italiya tarixida bungaça faqat uç marta kuzatilgan. Yarim asr muqaddam bunga Kinale erişgandi, 1996 yilda — Enriko Keze va 2020 yilda — Orsolini.

Angliya – Ukraina 2:0
Gollar: 1:0 – 37 Keyn, 2:0 – 40 Saka.
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, Çiluell, Griliş, Gallaxer, Henderson, Rays, Bellingem, Meddison, Saka, Keyn (Touni, 81).
Ukraina – Trubin, Karavayev (Buyalskiy, 61), Svatok, Matviyenko, Mikolenko (Sobol, 62), Stepanenko, Malinovskiy, Zinçenko, Mudrik (Tsigankov, 61), Sudakov, Yaremçuk (Dovbik, 74).

Angliya esa yuz foizlik natija qayd etgan holda guruhda peşqadamlik qilmoqda, Garet Sautgeyt turnir startida «Uç şerlar» tarixida kamida 50 ğalabaga erişgan uç murabbiydan biri bölib oldi. «Uembli»dagi qahramonlar — kutilgan va könikilgan futbolçilar böldi. Keyn saralaşda qatorasiga öninçi öyinda gol urdi, Saka esa golli uzatmadan keyin uzoq masofadan özi ham darvozani işğol etdi.

16 iyun. Malta — Angliya, Şimoliy Makedoniya — Ukraina.

J guruhi

Portugaliya uçun çigalyozdi

Lyuksemburg – Portugaliya 0:6
Gollar: 0:1 – 9 Ronaldu, 0:2 – 15 Joau Feliks, 0:3 – 18 Bernardu Silva, 0:4 – 31 Ronaldu, 0:5 – 77 Otavio, 0:6 – 88 Rafael Leau.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Diogu Dalot, Ruben Diaş, Antoniu Silva, Danilu Pereyra, Mendeş, Brunu Fernandeş (Rafael Leau, 75), Palinya (Diogu Jota, 87), Bernardu Silva (Ruben Neveş, 64), Joau Feliks (Otavio, 75), Ronaldu (Gonsalu Ramuş, 65).

Göyo Roberto Martinesga işga kirişiş va jamoa bilan xotirjam muhitda tanişib oliş uçun imtiyoz berilgandek. Portugallar Lixtenşteyn ortidan Lyuksemberg qiyofasidagi yana bir autsayder jamoaga qarşi öynadi. Gersoglik jamoasi ötgan yil yozidan buyon yutqazmagan, Turkiya (3:3) va Vengriyey (0:0) kabi raqiblardan oçko olgandi.

Şunga qaramay, Portugaliya uçun lyuksemburgliklar — muammo tuğdira olmasligi oldindan ma’lum edi. JÇ-2022 saralaşida bu jamoaga qarşi ikki öyinda ham işonçli hisobda ğalaba qozonilgan (3:1, 5:0). Bu safar mehmonlar «kesib ötuvçi pasdan keyin boş bilan gol uriş» böyiça master-klass ötib berişdi. Katta ehtimol bilan murabbiylar ştabi raqibning bunday hujumlar qarşisidagi ojizligiga e’tibor qaratgan, çunki bunday tasodif bölişi qiyin. Uçta a’lo darajadagi diagonal uzatma va «ikkinçi qavatdan» yakunlovçi zarbalar.

Şu bilan birga assistentlar ham, finişerlar ham turliça futbolçilar bölişdi, Bernardu Silva esa boş bilan ham gol uriş mahoratini namoyiş etdi. Va albatta bu Kriştianu Ronalduning iştirokisiz keçmadi. Lekin diqqat markazida sardorning ikki goli emas, uning barvaqt almaştirilişi böldi. Şu bilan birga, u jarima maydoni içida yiqilib, penalti söraşi bilan ham yodda qoldi, ammo arbitrni işontira olmadi. Martines tuşunarsiz qadam taşlab, 63-daqiqada uni maydondan olişga qaror qildi. U öz qarori bilan Krişni het-trikdan mahrum etgan bölişi mumkin. Ammo faktga köra, şunday bölgani yaxşiroq: murabbiy muhim öyinlarni kutmasdan, öz mas’uliyat zonasini belgilab berdi va özi uçun daxlsiz futbolçilar yöqligini körsatdi. Uning ixtiyorida maydonga tuşişga haqli bölgan köplab futbolçilar bor.

Ikkinçi bölimda tuşirilgan jokerlar — Rafael Leau va Otaviu hisobni yanada yiriklaştirişdi. Kriştianu esa Lyuksemburgga het-trik qayd eta olmagan bölsa ham uşbu jamoaga urgan gollari sonini 11 taga yetkazdi - bu uning uçun terma jamoalar miqyosida eng köp gol urgan raqib jamoa bölib qoldi. Ammo u yöqligida 11 metrli jarima zarbalarni ijro etiş uçun işonçli penaltiçi yöqligi ma’lum bölib qoldi, Leau özi işlagan penaltini aniq ijro eta olmadi. Aftidan, «Milan» forvardi uçun özi solo amalga oşirib, darvozani işğol etiş osonroq.

Slovakiya – Bosniya va Gersegovina 2:0
Gollar: 1:0 – 13 Mak, 2:0 – 40 Garaslin.
Slovakiya – Dubravka, Pekarik, Domber, Vavro, Gansko, Kutska, Lobotka (Groşovski, 90), Duda (Beneş, 69), Mak (Suslov, 58), Garaslin (Bero, 90), Poliyevka (Zrelyak, 69).
Bosniya va Gersegovina – Şehiç, Dediç, Miliçeviç (Tsimirot, 46), Saniçanin, Ahmedhojiç, Gazibegoviç, Kruniç, Hojiahmedoviç (Prsiç, 63), Prevlyak (Jyeko, 63), Demiroviç, Tahiroviç (Stevanoviç, 74).

Lixtenşteyn – Islandiya 0:7
Gollar: 0:1 – 3 Oulavsson, 0:2 – 38 Xaraldsson, 0:3 – 48 Gunnarsson, 0:4 – 68 Gunnarsson, 0:5 – 73, penalti Gunnarsson, 0:6 – 85 Gudonsen, 0:7 – 87 Ellersson.

16 iyun. Portugaliya — Bosniya, Islandiya — Slovakiya, Lyuksemburg — Lixtenşteyn.

H guruhi

Qozoğiston tarixidagi eng yaxşi öyin

Qozoğiston – Daniya 3:2
Gollar: 0:1 – 21 Heylund, 0:2 – 35 Heylund, 1:2 – 73, penalti Zaynutdinov, 2:2 – 86 Tagibergen, 3:2 – 89 Aymbetov.
Qozoğiston – Şatskiy, Gabişev (Skvorsov, 34), Maliy (Yerlanov, 46), Maroçkin, Alip, Vorogovskiy, Beysebekov (Darabayev, 83), Tagibergen, Zaynutdinov (Islamxan, 79), Orazov, Samorodov (Aymbetov, 78).
Daniya – Şmeyxel, Ba (Larsen, 65), Ker, Nelsson, Mele (Kristensen, 83), Nergor, Xeyberg, Yyensen (Billing, 65), Damsgor (Darami, 65), Vind (Breytueyt, 87), Heylund.
Ogohlantirişlar: Aymbetov (90+6), Xeylund (90+6), Şatskiy (90+6).
Çetlatiş: Aymbetov (90+6).

Yakşanba kungi öyinlarni yana Ostonadagi öyin oçib berdi, Magomed Adiyev Qozoğistonning bu öyin uçun boşlanğiç tarkibiga TsSKA yarimhimoyaçisi Zaynutdinovni kiritdi. Şu bilan birgalikda, birinçi turda Sloveniyaga qarşi öyinda (1:2) jarohat olgan «Axmat» himoyaçisi Bistrov bu öyinda iştirok etmadi.

Ammo mezbonlar himoyasi daniyaliklarning yangi yulduzi Heylundni töxtata olmadi. Finnlarga qarşi öyinda het-trik qilgan «Atalanta» hujumçisi bu öyinda birinçi hujumdayoq hisobni oçişi mumkin edi. Lekin u köp ötmay baribir hisobni oçdi va Kerning maydonning ikkinçi qismidan berilgan uzatmasidan keyin töpni darvozabon ustidan oşirib taşladi.

Bölimning ikkinçi qismida Damsgor raqib mudofaasini parokanda qilganida yana öşa Heylund kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bölib, hisobdagi farqni oşirdi. Bu vaqtda esa qozoğistonliklar muammosi tajribali Gabişevning jarohati tufayli yanada çuqurlaşdi. Şunga qaramay, maydon egalari oq bayroq kötarmadi va dadillik bilan oldinga taşlandi, ammo heç qanaqasiga Şmeyxelni hayron qoldira olişmadi. Va baribir bosim ikkinçi bölimda jamoada umid uyğotdi, hujumlarning birida töp jarima maydoni içida Vinning qöliga tegdi, Zaynutdinov esa penaltini işonç bilan amalga oşirdi.

Bu lahza öyinning buriliş nuqtasiga aylandi. 86-daqiqada Tagibergen uzoq masofadan heç qanday qarşilikka uçramagan holda darvozaning olis burçagini aniq nişonga oldi. Jamoa ruhlanib, hujum qilişda davom etdi, Vorogovskiy esa qatorasiga ikkinçi öyinda çap qanotdan ideal uzatma amalga oşirdi, Aymbetov esa töpga baland sakrab, boş bilan qaytarib bölmas zarba yölladi hamda tribunani «portlatdi».

Lekin bu hisobni saqlab qoliş talab etilardi va qolgan daqiqalarda qozoğistonliklar töqqiz kişi bölib qolişdi. Avvaliga gazonga noqulay qulagan Alipni maydondan olib çiqişdi. Keyin esa arbitr Aymbetovga ikkinçi sariq kartoçkani körsatdi, u birinçisini golni nişonlaş vaqtida futbolkasini yeçgani uçun olgandi. Ammo buni tuşuniş mumkin, final huştagi yangraganidan söng bu Qozoğiston tarixidagi eng yaxşi öyin bölgani haqida fikrlar bejiz yangragani yöq.

Daniya esa öz tarixida ilk bor ikki gol ustunligiga ega böla turib, muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Endilikda guruh jadvalida biratöla tört jamoada 3 tadan oçko bor, 100 foizlik natija qayd etayotgan Sloveniya esa guruh peşqadami bölib oldi.

Sloveniya – San-Marino 2:0 
Gollar: 1:0 – 56 Şeşko, 2:0 – 60, avtogol Di Mayo.

Şimoliy Irlandiya – Finlandiya 0:1
Gol: 0:1 – 28 Çellman.
Şimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Bredli, Ketkart, Braun, Bellard (Madjyennis, 50), Lyuis, Makneyr, Çarlz (Prays, 79), Tompson (Sevill, 79), Uoşington (Uayt, 69), Çarlz.
Finlandiya – Gradetski, Alxo (Teylor, 87), Vyaysyanen, Ivanov, Yyensen (Peltola, 52), Lud, Suxonen (Soyri, 70), Şyuller, Kamara, Pukki (Forss, 70), Çellman (Poxyanpalo, 87).

16 iyun. Finlandiya — Sloveniya, Daniya — Şimoliy Irlandiya, San-Marino — Qozoğiston.