25 mart kuni Toşkent şahrida bölib ötgan “AgroInsurance 2023” II xalqaro konferensiyasida iqlim özgarişining Özbekiston agrobiznesiga ta’siri muhokama qilindi.

 Tabiiy ofatlar mamlakatimiz qişloq xöjaligiga katta zarar yetkazişda davom etmoqda. Uzoq muddatli qurğoqçilik, sovuq ob-havo şaroiti, zararkunandalarning hujumi mahalliy fermerlar uçun halokatli hosil yöqotişlariga olib keladi. Bu esa mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga öz salbiy ta’sirini körsatadi.

"Semurg Insurance" suğurta kompaniyasi va Paxta-töqimaçilik klasterlari assotsiatsiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi kömagida “AgroInsurance 2023” konferensiyasi taşkil qilindi. Konferensiyadan közlangan asosiy maqsad iqlimning halokatli özgarişi şaroitida mahalliy agrobiznesni rivojlantiriş yöllarini belgilab olişdan iborat böldi. Zero, Özbekistonda işlab çiqarişning barça tarmoqlari içida aynan qişloq xöjaligi ekstremal ob-havo şaroiti va tabiiy ofatlar tufayli eng katta xavf-xatarga duçor bölmoqda.

Sözga çiqqan soha vakillari va olimlar zararkunandalarga qarşi kuraşiş, tuproq unumdorligini tiklaş va hosil suğorişni innovatsion usullari haqida öz tajribalarini bölişişdi.

"Semurg Insurance" suğurta kompaniyasi vakillari hosilni suğurtalaş fermerlarga töğridan töğri pul kompensatsiyasini oliş imkonini berişi, bu esa hosil nobud bölgan holatlarda agrobiznesni bir maromda uşlab qoliş yoki tiklaşga yordam berişi, xalqaro taşkilotlar vakillari esa, xalqaro jamğarmalardan suğurta uçun subsidiyalar oliş imkoniyatlari haqida söz yuritdilar.

Şuningdek, kompaniya mutaxassislari qişloq xöjaligini rivojlantiriş uçun moliyalaştiriş manbalaridan foydalanişda bölajak hosilni garov sifatida taqdim etiş va uni suğurtalaş böyiça keng qöllanayotgan xorijiy amaliyotning joriy etilişi özbek fermerlari uçun qanday qulayliklar yaratişi haqida ma’lumot berişdi.

"Semurg Insurance" kompaniyasi vakillari bunday dastur nafaqat mavsumiy işlarni bajariş uçun, balki ekin maydonlari va jihozlarini köpaytiriş uçun ham moliyalaştiriş manbasi bölib xizmat qiladi. Şunga qaramay, talab qilinadigan yagona garov - bu suğurtalangan bölğusi hosil ekanligini tuşuntirişdi.