Muller haqida gapirib bering. Uzum Market'ga kirişdan oldin nima bilan şuğullangansiz va brendingiz qanday paydo böldi?

Uzum Market'ga çiqişdan oldin biz Rossiyada öyinçoqlarning ulgurji va çakana savdosi bilan şuğullanganmiz. Bizda Ozon va Wildberries marketpleyslari bilan işlaş tajribasi bor edi, şuning uçun onlayn savdoning öziga xos xususiyatlarini yaxşi tuşunardik. Özbekistonga köçib kelganimizdan söng, töplangan tajribamizdan foydalanib, yangi biznes boşlaşga qaror qildik. Şunday qilib, 2024-yil 23-fevralda Muller kompaniyasi paydo böldi.

Nima uçun aynan quriliş asboblari tanlandi?

Yönaliş tanlaşni köp jihatdan bizning işbilarmonlik aloqalarimiz belgilab berdi. Döstimizning Xitoyda quriliş asboblari işlab çiqaradigan zavodi bor va öşa paytda u yangi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini körib çiqayotgan edi.

Biz buni istiqbolli yönaliş deb bildik va Uzum Market'dan asosiy savdo maydoni sifatida foydalanib, Özbekiston bozorida öz brendimizni rivojlantirişga qaror qildik.

Uzum Market'ga çiqişdan avval undan nimalarni kutgan edingiz? Nimalar siz tasavvur qilgandek bölib çiqmadi?

Biz boşidanoq muvaffaqiyatga intildik. Bizda allaqaçon yirik bozorlarda işlaş tajribasi bor edi, şuning uçun biz elektron tijoratning asosiy tamoyillarini tuşunardik va ularni yangi bozorda qöllaşni rejalaştirgan edik.

Biroq xarid qiliş xulq-atvoridagi muhim farqni tezda aniqladik. Kuzatuvlarimizga köra, Rossiyada xaridorlar köpinça sifat uçun biroz köproq tölaşga tayyor, Özbekistonda esa narx köpinça tovarni tanlaşda hal qiluvçi omilga aylanadi.

Assortiment va narx siyosatini moslaştirişga majbur böldik. Bu startdagi asosiy saboqlardan biri böldi.

Uzum Market'da Muller'ning qaysi tovarlari eng köp sotilgan?

Assortimentimizda sotuv böyiça şubhasiz yetakçi - bu 399 ta asbobdan iborat töplamdir. U brendning eng muvaffaqiyatli mahsulotlaridan biriga aylandi.

Jamoangiz haqida gapirib bering. Majburiyatlar qanday taqsimlanadi?

Bizning olti kişidan iborat kiçik jamoamiz bor: ikki kişi Xitoyda va tört kişi Özbekistonda işlaydi.