Bu haqda Turkiya adliya vaziri Bekir Bözdağ ma’lum qildi, deya xabar beradi TRT Haber.

«Daliliy aşyolar töplanganidan söng vayronalar tozalandi, tergov harakatlari faol olib borilmoqda. Zilzila paytida vayron bölgan binolarni tekşiriş doirasida 1552 nafar gumondorga nisbatan çora körildi. Ulardan 325 nafar gumondor qölga olindi. 566 nafar gumonlanuvçiga nisbatan sud nazorati qarori çiqarilgan, 355 nafar gumonlanuvçi qölga olingan», dedi vazir. 

Uning sözlariga köra, tört gumonlanuvçi xorijga qoçib ketgan va Adliya vazirligi ularni ekstraditsiya qilişni söragan. 

Vazir Bözdağning ta’kidlaşiça, vayron bölgan barça binolarning bölaklari dalil yiğilganidan söng olib taşlangan. Şu bois, vayron bölgan binolarni qurişning har bir bosqiçida xato va beparvolikka yöl qöygan aybdorlarni jazolaş uçun barça zarur çoralar köriladi. 

TRTHABER telekanaliga köra, hibsga olinganlar orasida Antakiyaning Guzelburç tumanida qulagan, 1,2 mingga yaqin odam halok bölgan 600 xonadonli 600 Evler Sitesi turar joy majmuasining quriliş pudratçisi ham bor.