2023 yilda Özbekistonda oyliklar va pensiyalarni ikki marotaba oşirişga qaror qilingan. Bu haqda Kun.uz'ga Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxöjayev ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, 2023 yil uçun tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlarida pensiyalarni 1 iyundan 12 foizga, iş haqini 1 oktyabrdan 10 foizga bir marotaba oşiriş maqsadida 6,7 trln söm ajratilişi közda tutilgan edi.
Jahon bozorida oltin va mis narxining prognozga nisbatan yuqori bölişi (qöşimça 4,5 trln söm) hamda bojxona tuşumlarining oşişi (qöşimça 3 trln söm) hisobiga, Davlat budjeti parametrlarida közda tutilganiga nisbatan, iş haqi, pensiya va nafaqalarni qöşimça yana bir marotaba oşirişga qaror qilingan.
Xususan:
- 1-bosqiçda pensiya va nafaqalar 1 apreldan, maoşlar 1 maydan – 7 foizga (qöşimça xarajat 2,2 trln söm);
- 2-bosqiçda 1 sentabrdan – 10 foizga (yana 5,6 trln söm) oşiriladi.
“Buning natijasida, misol uçun, Toşkent viloyati Oqqörğon tumani 30-son maktabning katta sinf öqituvçisining oyligi 4,2 mln sömdan may oyida 4,5 mln sömgaça (sentabrdan 4,9 mln sömgaça), Kogon tuman tibbiyot birlaşmasining şifokor-laborantining maoşi 3 mln sömdan 3,2 mln sömgaça (sentabrdan 3,6 mln sömgaça), Andijon şahar tibbiyot birlaşmasi katta hamşirasining oyligi 2,7 mln sömdan 2,9 mln sömgaça (sentabrdan 3,2 mln sömgaça) oşadi.
Bunda, iş haqi va pensiyalarning birinçi bosqiçda oşirilişi qöşimça tuşumlar hisobiga qoplanadi.
Iş haqi va pensiyalar miqdorlari ikki marotaba oşirilişi hisobiga joriy yilda ularning miqdorlarining ösişi 17,7 foizni taşkil etadi (avval közda tutilgan miqdor: 10-12 foiz).
Natijada, iş haqi, pensiya va nafaqalar oşişi prognoz qilinayotgan inflatsiyadan (10 foiz atrofida) ança yuqori bölişi kutilmoqda”, – dedi Umid Obidxöjayev.
Ma’lum qilinişiça, bu tadbirlardan 6,5 mln fuqaro manfaat köradi (4,4 mln nafar pensiya va nafaqa oluvçilar hamda 2,1 mln nafar işçilar).
Bazaviy hisoblaş miqdori bosqiçma-bosqiç oşirilmoqda. Bu nima uçun ahamiyatli?
Bazaviy hisoblaş miqdori 1 maydan 300 ming sömdan 330 ming sömgaça oşirildi. Umid Obidxöjayevning aytişiça, bunda bir qator jihatlar hisobga olingan.
“Bazaviy hisoblaş miqdori 2021 yildan boşlab, har yili davlat budjetini şakllantirişda örtaça 20-30 ming sömga oşirib kelinmoqda.













