Xalq deputatlari Qöşköpir tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körildi. Egamov Boburbek Davlatnazaroviç Qöşköpir tumani hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi» DUK direktori örinbosari vazifasida işlab kelgan.
Şuningdek, xalq deputatlari Urganç tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ham taşkiliy masala körildi. Sultanov Ğayratjon Pölatoviç Urganç tumani hokimi qilib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
Har ikkala tuman sessiyasida Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov iştirok etdi.








