Xorazm viloyatidagi pedofil-amaldorlar işi böyiça kassatsiya instansiyasi sudiga keltirilgan protest 6 aprel kuni yopiq sud majlisida körib çiqiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lumot berdi.

«Bugun Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga Xorazm viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimini A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, işni yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida köriş uçun yuboriş töğrisidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti kelib tuşdi.

Uşbu protest Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atida kassatsiya tartibida joriy yilning 6 aprel kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqilişi ma’lum qilinadi», deyilgan xabarda.

Qöşimça ma’lumot sud jarayoni yakuni böyiça berilişi ma’lum qilingan.

Eslatib ötamiz, mart oyi oxirida «Sukut saqlama» loyihasi Xorazm viloyat adliya boşqarmasi sobiq boşliği Aybek Maşaripov va tuman FVB rahbari Anvar Kuryazov Urgançdagi oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan tarbiyalanuvçilari (15-17 yoşli uç nafar qiz) bilan 10 oy davomida jinsiy aloqada bölib kelgani, bunda ularga mehribonlik uyi mudiri kömak bergani, sud esa amaldorlarga 1,5 yillik ozodlikni çeklaş jazosi tayinlagani haqida xabar bergandi.

Bu haqda jamoatçilikka ma’lum bölgaç, ijtimoiy tarmoqda keskin norozilik tölqini kötarildi.

2 aprel kuni Boş prokuratura ikki amaldorga qöllanilgan jazoni yengil deb hisoblab, 29 mart kuni Oliy sudga protest kiritganini ma’lum qildi.