Bugungi kunda pillaçilik sohasi qişloq aholisi uçun serdaromad sohalardan biriga aylanib ulgurdi. Misol uçun, bir quti ipak qurtini parvarişlagan pillakor 1 oyda 2 mln sömdan ortiq daromad topmoqda.
Pillani qayta işlovçi korxonalarning birortasi sönggi 5 yilda zarar körib işlamagan, aksinça bu korxonalarning barçasi foyda bilan işlab, rentabellik körsatkiçi 18-26 foizni taşkil etadi. Tarmoqda zarar körib işlovçi va norentabel yoki nolikvid korxonaning özi yöq.
Maqolada qayd etilganidek, ipak mahsulotlari işlab çiqariş norentabel bölganida, korxonalar bankrot bölişi va hozirda birorta korxona işlamasligi tabiiy bölardi.
2017-yildan Respublikada asosiy e’tibor sifatli pilla yetiştiriş va tayyorlaş, uni dastlabki qayta işlaş, xom ipak va ipak kalava işlab çiqariş böyiça yangi quvvatlarni taşkil etiş va mavjudlarini modernizatsiya qilişni taşkil etiş, pillaçilik tarmoğini rivojlantiriş borasida qabul qilingan dasturiy çora-tadbirlar amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izçil yuritiş, band bölmagan aholini, ayniqsa yoşlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni pillaçilik bilan şuğullanişga qiziqtiriş, ularni öqitiş va malakasini oşirişga qaratildi.
2016-yilda Respublika böyiça 19 ta pillani qayta işlaş korxonalari faoliyat yuritgan bölsa, bugungi kunga kelib korxonalar soni 75 tani taşkil qilmoqda. Ipak mahsulotlari işlab çiqariş hajmlari 150 mln sömdan 2 trln sömga yetkazildi (joriy yilda 3,1 trln söm).
Eksport hajmlari 96,2 mln dollarga yetkazildi (2017-yilga nisbatan 3,1 baravar köp). Eksport qilingan mahsulotlarning 57 foizi (54,4 mln doll) ipak matolar hissasiga töğri keladi (Bojxona qömitasining elektron eksport bazasida xam bu öz aksini topgan). Şu bilan birga, 2022-yilning özida 713,2 mlrd söm mablağ pilla yetiştiruvçilarga yetiştirilgan pilla xomaşyosi uçun pillaçilik klasterlari tomonidan berildi, joriy yilda esa 1,1 trln söm pillaçilik klasterlarining öz mablağlari hisobidan beriladi. Bu sohada amalga oşirilayotgan islohotlar natijasidir.
Bugungi kunda sohada majburiy mehnat mavjud emas. Uşbu böyiça 2023-yilning 25-yanvar kuni Özbekistonga taşrif buyurgan AQŞ Mehnat vazirligining vakillari tomonidan “Özbekipaksanoat” uyuşmasida bölib ötgan uçraşuvda ham alohida e’tirof etildi.
Mavzuga oid
Haqiqatdan ham 2017-yildan boşlab sohani rivojlantirişga bölgan e’tibor tubdan özgargan va şu kunga qadar bu borada 10 dan ortiq Prezident va Hukumat qarorlari qabul qilingan. Sohada amalga oşirilayotgan islohotlar ipak qurti uruğini yetiştirişdan boşlab, xom ipak işlab çiqariş, uni çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulotlarni eksportga çiqarişgaça bölgan bosqiçlarni öz içiga oluvçi pillaçilik klasterlarini taşkil qilişga, ularga soliq va bojxona imtiyozlari va boşqa yengilliklar berişga, pila xomaşyosini yetiştiriş bilan şuğullanuvçi kasanaçilarni qöllab-quvvatlaşga, sohada işlab çiqariş hajmlarini va eksport salohiyatini oşirişga, aholi bandligini ta’minlaşga qaratilgan.
Pilla tayyorlaş böyiça prognoz körsatkiçlari “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan berilgan takliflar va tumanlardagi mavjud ipak qurti ozuqa bazasi asosida işlab çiqiladi. Bundan taşqari, “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tomonidan tirik pillani xarid qiliş yuzasidan işlab çiqilgan tavsiyaviy narx sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar uçun majburiy xarakterga ega emas.
Maqolada “Davlatning roli” bölimidagi 4 xatboşida keltirilgan ma’lumot mutlaqo asossiz.
Birinçidan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga köra, pillaçilik tarmoği taşkilotlarining Uyuşmani taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilgan va muassislarning 2017-yil 31-martdagi 1-son umumiy yiğilişi bayoni qaroriga muvofiq Uyuşma ta’sis etilgan.
Ikkinçidan, Uyuşma muassislar va a’zolarning pillaçilik va ipak sanoati sohasidagi faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda rivojlantiriş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etiş hamda himoya qiliş, mazkur ustavda belgilangan maqsad va vazifalarga erişiş uçun ta’sis etilgan yuridik şaxslarning ixtiyoriy birlaşmasi – notijorat taşkiloti bölib hisoblanadi.
Ya’ni, Uyuşma öz tarkibidagi korxonalarni ma’muriy boşqariş huquqi va vakolatlariga ega emas.
Uçinçidan, Uyuşma a’zolari ixtiyoriy ravişda unga a’zo böliş yoki a’zolikdan çiqiş huquqiga ega. Uyuşmaga a’zo bölişga yoki a’zolikdan çiqişga majburlaşga yöl qöyilmaydi.
Törtinçidan, Uyuşma davlat hokimiyati va boşqaruv organlaridan töliq mustaqil holda faoliyat olib boradi. Ya’ni, Uyuşma davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining majburiyatlari böyiça javob bermaydi. Xuddi şuningdek, davlat hokimiyati va boşqaruv organlari Uyuşma majburiyatlari böyiça javob bermaydi.
Beşinçidan, Uyuşmada, şu jumladan Uyuşma a’zolarida ham davlat uluşi umuman mavjud emas va ular davlat tomonidan moliyalaştirilmaydi. Uyuşma faoliyati öz tarkibidagi korxonalar tomonidan ötkazib beriladigan har oylik a’zolik ajratmalari hisobiga moliyalaştiriladi. Yuqorida körsatib ötilgan qoidalar Uyuşma ustavida qat’iy belgilab qöyilgan.
Ta’kidlaş lozimki, amaliyotda mahalliy hokimliklar tomonidan pilla yetiştiriş borasida fermer xöjaliklari yoki boşqa subektlarga nisbatan ma’muriy bosimlar mavjud emas. Maqolada ham bu borada aniq misollar keltirilmagan. Bundan taşqari, amaldagi qonunçilikka köra, xom ipak yetiştiriş erkin şartnomaviy munosabatlar va ixtiyoriylik asosida (davlat ehtiyoji uçun emas) taşkil etiladi. Fermer xöjaliklari yoki boşqa tadbirkorlik subektlari zimmasiga bu borada biron-bir majburiyat yuklatilmagan.
Mahalliy hokimiyat organlari esa sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarga pilla mavsumlarini uyuşqoqlik bilan taşkil etiş borasida amaliy yordam körsatişi mumkin.
Huddi şu bölimning yettinçi xatboşisida keltirilgan ma’lumotlar ham asossizdir. Çunki, pillaçilik klasterlari qat’iy ravişda tadbirkorlik subekti hisoblanadi va davlat organining qarori asosida emas, balki muassis yoki muassislar tomonidan taşkil etiladi. Qonunçilikka köra, pillaçilik klasterlari faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralaşuviga yöl qöyilmaydi va bunday hollar javobgarlikni yuzaga keltiradi. Şu bilan birga, yuqorida ta’kidlab ötilganidek, pillaçilik korxonalari (klasterlari)ning “Özbekipaksanoat” uyuşmasiga a’zo bölişlari mutlaqo ixtiyoriylik asosida amalga oşiriladi. Bundan taşqari, pillaçilik korxonalari (klasterlari) ipakçilik sohasini boşqaruv tizimida iştirok etmaydi.
Pillaçilik klasterlari, qurt boquvçi kasanaçilar hamda fermer xöjaliklari bilan ixtiyoriy ravişda pilla yetiştiriş böyiça şartnomalar tuzadi.
Fermer xöjaliklari pilla yetiştiriş böyiça şartnomalar tuzganidan keyin ipak qurti boquvçi kasanaçilar bilan içki mehnat şartnomasi tuzib, pilla yetiştiriladi.
Mazkur şartnomalar mehnat layoqatiga ega bölgan şaxslar bilan ikki taraflarning kelişuvi asosida imzolanib, Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga zid bölmagan tartibda tuziladi. Şuningdek, fermer xöjaliklarining ipak qurt parvarişlaş rejalari fermer xöjaliklarining özi bilan ularning ipak qurtini parvarişlaş imkoniyatlaridan kelib çiqib, dala çetlaridagi mavjud tutlarni inobatga olib, ikki tomonlama kelişilgan holda erkin şartnoma tuziş bilan amalga oşiriladi.
Yusupov maqolasining “Fermerlar roli” nomli bölimining 5 xatboşida keltirilgan malumot asossiz bölib, Respublikada boqilayotgan ipak qurti miqdoridan ortiqça ravişdagi mavjud yakka qator tut daraxtlari va tutzorlar borligini ta’kidlaş joiz. Bunga oddiygina misol keltiramiz. Bahorgi mavsum ötganidan söng, dala çetlaridagi tutlar va tutzorlardagi navsiz qolib ketgan tut barglari har yili kelgusi yil yaxşi hosil berişi uçun qöşimça iş kuçi jalb qilinib kesib çiqilmoqda. Şu bilan birgalikda ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantiriş uçun har yili hududlarda tut köçatlari ekib kelinmoqda. Xususan, 2021-yilda 120,3 mln tup, 2022-yilda 122,8 mln tup tut köçatlari ekildi hamda 2023-yilda 123,8 mln tup ekiş rejalaştirilgan. Bu köçatlarning har yili bir qismi hosil berib, pilla boqiş uçun foydalanilmoqda.
Şu bölimining 6 kiçik bandida pora berib ipak qurti boqişdan ozod böliş mumkinligi aytilgan
Birinçidan, maqolada keltirilgan holat böyiça Uyuşmada biror-bir ma’lumotlar mavjud emas.
Ikkinçidan, maqola muallifi holat yuzasidan aniq faktlarni keltirmasdan (qayerda, qaçon, qaysi hokim örinbosari, qaysi fermer xöjaligi) umumiy gaplar bilan çeklangan holos.
Agarda maqola muallifi uşbu böyiça aniq ma’lumotlarni taqdim etsa, uşbu holat yuzasidan qonuniy çora köriş ta’minlanadi.
2022-yilda qurt boquvçi kasanaçilar va fermer xöjaliklari tomonidan yetiştirilgan 24,2 ming tonna pilla hosili uçun pillaçilik klasterlari hisobidan 593 mlrd. söm, respublika budjetidan ajratilgan subsidiya hisobidan 120,2 mlrd. söm, jami 713,2 mlrd. söm pul mablağlağlari ajratib berilgan (aholiga yetiştirilgan pilla hosili uçun berilgan).
Pilla yetiştiriş bilan asosan aholining işsiz qatlami şuğullanadi. Şuni ta’kidlaş joizki, pilla yetiştiriş qişloq aholisining asosiy daromad manbalaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillaçilik tarmoğini jadal rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4047-son qaroriga muvofiq fermer xöjaliklari tomonidan pilla hosili uçun tuzilgan kontraktatsiya şartnomalarida belgilangan miqdorlardan ortiqça pilla topşirilganida, 5 kilogrammgaça ortiqça pilla hosili xarid narxiga nisbatan 15 foiz, 5 kilogrammdan yuqori bölgan qismiga 25 foiz miqdorida ustama haq tölaş tizimi “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tarkibiga kiruvçi korxonalar tomonidan amalga oşirilib kelinmoqda.
(Ma’lumot uçun: şartnoma böyiça – 1 quti ipak qurti parvarişlab, 55 kilogramm pilla hosili rejalaştirilgan bölib, amalda – 70 kilogramm pilla hosili yetiştirigan qurt boquvçilar, 55 kilogramm pilla uçun 1 358 500 söm, (1 kilogramm tirik pillaning örtaça xarid narxi 24 700 söm hisobida), qöşimça yetiştirilgan 5 kilogramm pilla uçun 142 025 söm, qöşimça yetiştirilgan 10 kilogramm pilla uçun 308 750 söm, 1 quti qurt hisobidan yetiştirilgan tirik pilla uçun (xarid narx böyiça) jami 1 809 275 söm hamda davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya hisobidan 350 000 söm hammasi bölib jami 2 159 275 söm miqdorda daromad qilişgan.)
Muallif tomonidan ta’kidlangan pilla pulini keçiktirayotgan ba’zi bir, sanoqli ravişdagi fermer xöjaliklar ham mavjudligini inkor qilmaymiz. Unday fermer xöjaliklarini mas’uliyatsiz, tadbirkorlik könikmasi yöq fermer xöjaliklari sifatida baholaş zarur deb hisoblaymiz. Sababi bu xildagi ikkinçi toifa fermer xöjaliklari qişloq xöjalik yerlaridan nomigagina foydalanib, boşqa yönalişlarda tadbirkorlik bilan şuğullanadi. Örganilsa, qöşimça daromadi yerdan, qişloq xöjaligi yönalişidan emasligi namoyon böladi. Bu xildagi fermer xöjaliklari nomigagina şartnoma tuzib, ipak qurtlarini parvarişlaşda jonbozlik körsatmaydi, olingan avans pullarini va yakuniy hisob-kitobdagi mablağlarni kasanaçilariga, oilaviy zvenolariga bermaydi. Kasanaçilar va oilaviy zvenolari bilan ğalladan olingan somon, paxtadan olingan ğözapoya bilan hisob-kitob qilişga harakat qiladi. Bu haqli ravişda, keyingi yilda bunday toifadagi fermer xöjaliklari kasanaçilarida, oilaviy zveno vakillarida norozilik va ipak qurti boqmaslik kayfiyatini tuğdiradi. Bunday fermer xöjaliklari bilan yuz berayotgan bir-ikkita holatlar mavjudligi muallifning barça fermer xöjaliklari töğrisida fikr yuritişiga asos bölmasligi lozimligini ta’kidlaş joiz.
Bundan taşqari, “Özbekipaksanoat” uyuşmasida mazkur masala böyiça tezkor ştab mavjud bölib, uşbu ştab doimiy ravişda faoliyat yuritmoqda. Ştabga kelib tuşgan murojaatlar bir kun muddatda tezkorlik bilan hal etiş çoralari körib kelinmoqda.
Keyingi yillarda “Özbekipaksanoat” uyuşmasi boşçiligida bevosita xorijdan yuqori sifatli ipak qurti uruğlari keltirilmoqda. Şuningdek, mahalliy uruğ işlab çiqaruvçi korxonalarda hosildor ipak qurti zotlaridan uruğ tayyorlanmoqda. Bu esa qurt boquvçilarda 1 qutidan kutilganidan köproq hosil oliş imkonini bermoqda (1 qutidan 70-75 kilogrammgaça). Fermer xöjaliklari şartnomada körsatilgan miqdordan ortiqça yetiştirgan pilla xomaşyosini hoxlagan iste’molçiga erkin sotişi mumkin. Şuni hisobiga ular erkin bozorda mahsulotini sotib tegişliça tartibda yuqori daromad olmoqda.
Bundan taşqari, fermer xöjaligining hoxişiga köra yuqorida ta’kidlangandek PQ-4047-sonli qarorga muvofiq şartnoma imzolagan pillaçilik klasteri tomonidan şartnomalarda belgilangan miqdorlardan ortiqça pilla topşirilganida, 5 kilogrammgaça ortiqça pilla hosili xarid narxiga nisbatan 15 foiz, 5 kilogrammdan yuqori bölgan qismiga 25 foiz miqdorida ustama haq tölanişi belgilangan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ba’zi bir sanoqli ravişdagi fermer xöjaliklari ham mavjud albatta. Unday fermer xöjaliklarini mas’uliyatsiz, tadbirkorlik könikmasi yöq fermer xöjaliklari sifatida baholaş zarur deb hisoblaymiz. Uşbu turdagi fermer xöjaliklari pillaçilik klasteri bilan şartnoma imzolaşiga qaramasdan, şartnoma majburiyatlarini bajarişni öz zimmasiga olmaydi hamda öz işiga sovuqqonlik bilan yondaşadi. Natijada şartnoma şartlarini bajarişning turli xil noqonuniy yöllarini ahtarib, qonunga muvofiq bölmagan holatlarni ham yuzaga keltiradi. Lekin bunday holatlar kamdan-kam uçrab, hozirgi paytda pillaning xarid bahosi klasterlar tomonidan yuqori belgilanayotganligi sababli öz-özidan bartaraf bölmoqda.
Maqoladagi “Fermerlarning roli” bölimida fermerlar kasanaçilarga moliyaviy bölmagan foyda haqida gapiradi deyilgan. Bunday holatlar amaliyotda uçramaganligini ma’lum qiliş örinlidir.
Aholi xonadonlari tut novdalarini (ipak qurti parvarişlaşdan söng bargi olingan novda) isrof qilmasdan maqsadli foydalanib kelinayotganligi sir emas. Ular ba’zi holatlarda ortiqça novdalarni qöni-qöşnisi va mahalladoşlariga ma’lum bir miqdordagi haq evaziga sotib, qöşimça daromad ham olişlari mumkin.
Keyingi yillarda “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tizimidagi korxonalarga biriktirilgan tutzorlarda mavjud tutlarni navli tutlar bilan almaştiriş, rekonstruksiya qiliş evaziga 1 gektar maydonda boqiladigan ipak qurti miqdori 15 qutiga yetkazilişi rejalaştirilgan hamda buning ustida aniq işlar olib borilmoqda.
Amaldagi qonunçilikka köra, pilla yetiştiriş erkin şartnomaviy munosabatlar va ixtiyoriylik asosida taşkil etiladi.
Hozirgi kunda amaliyotda ham pillaçilik agronomlari mahalla faollari bilan kengaşgan holda aholining iş bilan band bölmagan qatlamini pillaçilik sohasida bandligini ta’minlaş böyiça işlar olib boriladi. Xususan, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan, ya’ni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni şartnoma asosida pilla yetiştirişga jalb qiliş böyiça aniq çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, uşbu fuqarolarga pilla yetiştirganlik uçun bir qator imtiyozlar, jumladan, daromad soliğidan ozod qiliş hamda bir yillik mehnat stajlari beriş kabi imtiyozlar qöllanilmoqda.
Hozirgi kunda 54,8 ming gektar tutzorlar 64,8 ming nafar aholiga oilaviy pudrat asosida berilgan, ular uşbu tutzorlarda 4 mavsum pilla yetiştirib, şuningdek, tutzorlar orasida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirib daromad topmoqdalar. Şu bilan birga, Davlat rahbarining topşiriğiga asosan, 2023-yildan boşlab 105 ming gektar yer maydonlari pillaçilik va tutçilik yönalişidagi fermer xöjaliklari taşkil etiş hamda Vetnam tajribasi asosida uşbu yer maydonlarida tut plantatsiyalari barpo etiş va pilla yetiştiriş amalga oşiriladi.
“Özbekipaksanoat” uyuşmasi tizimidagi tutzorlar aholiga oilaviy pudrat asosida 0,2 gektardan 3 gektargaça (aholining tutzorni but saqlaş imkoniyati va orasiga qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş imkoniyatidan kelib çiqib) taqsimlab berilgan.
Kasanaçilar - taqsimlab berilgan maydondagi tutlar soni va ulardan olinadigan barg miqdoridan kelib çiqib pilla xomaşyosi yetiştirişga şartnoma qiladi.
Fermer xöjaliklari zvenolari – bular fermer xöjaliklari dalasi çetidagi tutlardan foydalangan holda pilla xomaşyosi yetiştiradi. Ularni fermer xöjaliklari özlari tanlaydi va içki mehnat şartnomalari asosida pilla xomaşyosi yetiştiriş amalga oşiriladi.
Muallif tomonidan pillaçilik klasterlari va hududiy “Agropilla” MÇJlari tomonidan kasanaçilarning pilla xomaşyosi yetiştiriş uçun özlari murojaat qilayotgani tan olingan. Muallif şuningdek, keyingi yillarda topşirilgan pillalar uçun tölanayotgan haqning sezilarli darajada bir neça marta ortganligini ta’kidlagan va pilla xomaşyosi yetiştiriş uçun pullar öz vaqtida berilayotganligi evaziga pilla boquvçilar soni ortib borayotganligini körsatgan.
Keyingi yillarda pilla yetiştiriş mavsumi boşlanişi bilan pillakorlar murojaat qilmoqda, buyurtma asosida imkoniyatini baholagan holda ipak qurtini olişmoqda, sababi yuqorida ta’kidlanganidek, pilla xomaşyosi uçun taklif qilinayotgan baholar klasterlar tomonidan yuqori bölayotganligi, sifat darajasiga qarab, bir kg uçun 40 ming sömgaça berilayotganligi kasanaçilarda pilla yetiştirişga qiziqişni orttirmoqda. Şu bilan birgalikda 54,8 ming gektar mavjud tutzorlar bargidan pilla yetiştiriş mavsumlarida foydalaniş uçun köp yillik şartnoma asosida kasanaçilarga biriktirilgan. Kasanaçilar 4 ta mavsumda pilla yetiştiriş va yil davomida tutzorlar orasidan yiliga 2-3-martagaça turli qişloq xöjalik ekinlarini parvarişlaş hisobiga daromad olib kelayotganligini ta’kidlab ötiş lozim.
Şuningdek, agar taqqoslanadigan bölsa (bu masala aholi tomonidan doimiy ravişda ta’kidlanmoqda, agar muallif haqiqatdan kasanaçilar bilan suhbatlaşganda buni bilgan bölar edi) bir xonadon örtaça 2-2,5 quti ipak qurti parvarişlab, bir oy muddatda (köpi bilan 25-27 kun) 150 – 187,5 kg gaça pilla olayapti. Agar muallif ta’kidlaganidek, 24,7 ming sömdan xarid qilingan va 5000 söm subsidiya taqdim qilingan taqdirda ham olingan daromad örtaça 4,5-5,6 mln söm ekanligi namoyon böladi. Bu boşqa tarmoqlar bilan soliştirilsa, masalan qişloq xöjalik ekinlari (3 oydan – 5 oygaça yer band böladi), çorva mollarini parvarişlaş (bir qöy yoki qoramolni göştga boqiş uçun 3-4 oy ketadi, kamiga yem-xaşak xarajati), iş bilan band bölmagan aholi uçun bir oyda boşqa tarmoqda band bölib olingan daromadi va xarajati bilan soliştirganda, sezilarli moddiy xarajatlarsiz daromad olinişini köriş mumkin.
“Kasanaçilar” bölimining 4 xatboşida fermer xöjaliklari tomonidan pilla yetiştiruvçi kasanaçilarni topiş muşkulligi, mahalladoşlarini jalb etiş qiyinligi evaziga oila a’zolari tomonidan pilla yetiştirişga majbur bölinayotganligi ta’kidlangan. Bu asossiz fikr bölib, aksariyat, fermer xöjaliklari tomonidan, ayniqsa, aholi tiğiz bölgan, qişloq xöjalik maqsadida foydalaniladigan suğoriladigan yerlar kam bölgan hududlardagi fermer xöjaliklari tomonidan qişloq xöjalik ekinlarini yetiştiriş uçun ajratilgan yer maydonlari atrofida yakka qator tutlarni köpaytiriş, dalasining bir qismida tutzorlarni barpo etiş, mavjudlarini saqlab qoliş tendensiyasi kuzatilmoqda. Sababi oddiy fermer xöjaliklari birinçidan, pilla xomaşyosi yetiştirişdan daromad olişning hisobini olgan, ikkinçidan tutzorlar orasida ham qişloq xöjalik ekinlarini yetiştirib daromad oliş hadisini özlaştirgan. Ular tomonidan kontraktatsiya şartnomalari birinçilardan bölib, öz hoxişi bilan tuziliş amaliyoti yölga qöyilgan. Bunday fermer xöjaliklari soni yildan yilga ortib borişi kuzatilmoqda.
Muallifning öz fantaziyalariga tayangan holda keltirilayotgan vajlari tuşunarsiz. Bu fuqarolar örtasidagi özaro insoniy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Buni kimdir tomonidan nazorat qilinişi asossizdir.
Muallif tomonidan, kasanaçi tilidan “ipak qurti parvarişlovçi kasanaçilarning bir oy davomida uxlamasdan işlaşi, ertalab soat 4-5 dan barg kesiş uçun boriş, tinmasdan barg iste’mol qilinişi” ta’kidlangan. Mazkur ta’kidlar, sohadan umuman xabari bölmagan fuqaroning fikri yoki öylab topilgan fikr ekanligini faktlar bilan asoslaymiz.
Ipak qurtlari özining 5-yoşiga yetib, asosiy miqdordagi bargni iste’mol qiladi. Bu hozirgi kunda köpi bilan 7 kunni, agar yaxşi parvariş kilinganda 5-kunni taşkil etmoqda. Jami bölib, hozirgi kunda ipak qurtining dastaga çiqiş muddati jonlangandan söng 22-23 kunni taşkil qilmoqda. E’tibor qarating, jarayon bir oyga yetmayapti. Bir quti ipak qurti köpi bilan örtaça 800 kg barg yeyapti. Bir yakka qator tut daraxtidan yoki tutzordagi 7-8 yoşli tut daraxtidan örtaça 15-20 kg gaça barg olinişini hisobga olsak, 40-60 ta tut daraxti novdalarini çopiş bilan bir quti ipak qurtini parvarişlaş imkoni mavjudligini köramiz. Bu miqdordagi tut bargini yiğiş uçun oila a’zosining ertalab soat 4-5 dan boşlab kun böyi tut novdasini çopişiga ehtiyoj yöq. Mazkur hisob-kitoblar oddiy arifmetika bölib, yetuk iqtisodçi böliş zaruratini tuğdirmaydi.
Pilla boqişda aholi xonadonlari, yaşaş xonalarida boqilişi sababli noqulayçiliklar tuğdirayotganligi ta’kidlangan. Afsuski, bu ham aniq fakt emasligini bir neça misollar bilan asoslaymiz.
Bugun pilla xomaşyosi asosan qişloq joylarda yetiştirilmoqda. Bugungi kunda ipakçilik klasterli tomonidan 5 gektarlik tutzorlar atrofida 50-100 quti parvarişlaş imkoniyati bölgan maxsus qurtxonalar barpo etilgan, bu joylarga kasanaçilar jalb etilib, barça şaroitlar asosida parvarişlaş amalga oşirilmoqda. Şuningdek, mahallalardagi, tadbirkorlik subektlaridan böş maydonlar olinib, ipak qurti parvarişlaş olib borilmoqda.
Kuzatişlar hamda mutaxassislarning aholi xonadonlarida bölib, qurt boqiş jarayonlarini körib kelganligidan kelib çiqib aytadigan bölsak, ipak qurtlari kiçik yoşlarida (1-3 yoş) katta hajmdagi maydonga ehtiyoji yöq (kiçkina suri yoki mahalliy aholi foydalanadigan xon taxta ustiga joy böladi). Kiçik yoşlarida oşxonasi yoki omborxonasida parvarişlanib, katta yoşga ötgaç katta omborxonalari yoki çorva mollari uçun ajratilgan yem-xaşak saqlaş joylarida boqilayotganligini ta’kidlaş joiz.
Barg yetişmasligi sababli, tut barglari sotib olinayotganligi vaj qilingan. Bu juda asossiz bölib, Respublikada boqilayotgan ipak qurti miqdoridan ortiqça ravişdagi mavjud yakka qator tut daraxtlari va tutzorlar borligini ta’kidlaş joiz. Bunga oddiygina fakt keltiramiz. Bahorgi mavsum ötganidan söng, dala çetlaridagi tutlar va tutzorlardagi navsiz qolib ketgan tut barglari har yili kelgusi yil yaxşi hosil berişi uçun qöşimça iş kuçi jalb qilinib kesib çiqilmoqda. Şu bilan birgalikda yiliga million-million tup tut köçatlari ekilmoqda. Bu köçatlarning har yili bir qismi hosil berib, pilla boqiş uçun foydalanilmoqda.
2017-yildan bugungi kunga qadar respublikada pillaçilik sohasini jadal rivojlantiriş, sohada aholining bandligini ta’minlaş va ularning daromadlarini oşiriş böyiça izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şaxsan Davlat rahbari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda ham bu öz aksini topmoqda. Natijada, sohaning investitsion jozibadorligi ortib, eksport salohiyati yildan yilga rivojlanmoqda. 6 yil içida 55 dan ortiq yangi pillaçilik klasterlari taşkil etilganligi buning yaqqol isbotidir. Şuningdek, bugungi kunda 1 quti ipak qurti parvarişlagan aholining daromadi 2,1 mln sömdan ortmoqda. Buning natijasida respublikada sohada 1 mln nafardan ortiq aholi mavsumiy iş bilan ta’minlanmoqda.
Iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy davlatlarda ham qişloq xöjaligi Davlat tomonidan ma’lum bir darajada tartibga solinadigan va yetiştirilgan qişloq xöjalik mahsulotlari uçun Davlat tomonidan iqtisodiy qöllab-quvvatlaş çoralari qöllaniladigan tizim hisoblanadi. Özbekistonda bugungi kunda yer munosabatlari töliq bozor mexanizmiga ötkaziş böyiça me’yoriy-huquqiy hujjatlar işlab çiqilgan. Ajratilgan yer maydonlarini mahalliy hokimiyat tomonidan olib qöyiş amaliyotiga çek qöyildi. Şundan kelib çiqqan holda ta’kidlaş lozimki, pillaçilik sohasida ham ajratilayotgan yer maydonlari, jumladan, tutzorlar uzoq muddatli foydalanişga ajratilganligini va ular huquqiy mexanizmsiz olib qöyilişiga yöl qöyilmayotganligini ta’kidlab ötiş lozim.
Bugungi kunda respublikada 54,8 ming gektar tutzorlar mavjud bölib, uşbu tutzorlar viloyatlardagi “Agropilla” MÇJlar balansiga ötkazilgan. “Agropilla” MÇJlar tomonidan şartnomaga asosan uzoq muddatga hududlardagi pillaçilik klasterlariga bepul foydalaniş uçun berilgan.
Tutzorlar pillaçilik klasterlari tomonidan jami 64,8 ming nafar aholiga oilaviy pudrat asosida taqsimlab berilgan (ya’ni 64,8 ming nafar aholi yer maydonida iş bilan ta’minlangan).
Uşbu tutzorlar orasiga aholi tomonidan har xil turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari ekiladi va bundan olinadigan daromad ularning özlarida qoldiriladi. Bu esa tutzorlarga biriktirilgan aholi uçun pilla yetiştirişdan taşqari qöşimça daromad hisoblanadi.
Tumanda yetiştirilgan pilla xomaşyosi esa Davlatga emas öşa tumandagi (yoki tumanga biriktirilgan) pillaçilik klasteriga şartnomaga asosan topşiriladi va pilla xomaşyosi uçun belgilangan narx pilla xomaşyosi navlaridan kelib çiqib şartnomada körsatiladi.
1 quti ipak qurti parvariş qilgan pillakor daromadi 2,1 mln sömdan ortiq böladi va bu uçun 1 oy mehnat talab qilinadi. Bundan taşqari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-martdagi PQ-2856 sonli qaroriga asosan pilla parvariş qilgani uçun pillakorga 1 yillik mehnat staji beriladi.
“Xulosa va tavsiyalar” bölimidagi 9 xatboşida keltirilgan vajga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856 sonli qarori bilan izoh berib ötiş örinlidir. Qarorda “Özbekipaksanoat” uyuşmasining asosiy vazifalari belgilangan. Bular quyidagilar.
A) ozuqa bazasini takomillaştiriş böyiça:
Tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlaş, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytiriş maqsadida suğoriladigan yer maydonlari ajratiş böyiça tegişli davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan özaro samarali hamkorlikni ta’minlaş;
Ipak qurti parvariş qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamçi faoliyatni amalga oşiriş hisobiga qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni yölga qöyiş, ularni içki va taşqi bozorlarda sotiş;
B) ipak qurti uruği va pilla yetiştiriş, tayyorlaş va birlamçi qayta işlaş böyiça:
Uyuşma tarkibiga kiruvçi taşkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratiş, parvariş qiliş va sifatli uruğ işlab çiqarişni yölga qöyişda kömaklaşiş;
Respublika hududlari böyiça pilla yetiştirişning prognoz hajmlarini belgilaş, pilla tayyorlaş va qayta işlaş taşkilotlari böyiça pilla yetiştiriş uçun buyurtmalarni joylaştiriş;
Sifatli pilla yetiştiriş va tayyorlaş, uni dastlabki qayta işlaş, xom ipak va ipak kalava işlab çiqariş böyiça yangi quvvatlarni taşkil etiş va mavjudlarini modernizatsiya qilişni taşkil etiş;
V) pillani çuqur qayta işlaşni taşkil etiş böyiça:
Ipakdan tayyor mahsulot işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş va uning sifatini yanada yaxşilaş, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini özlaştiriş, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlaştiriş va standartlaştirişni ta’minlaş, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etişga doir işlarni samarali taşkil etiş;
Mahsulot sotiş bozorlarini kengaytiriş böyiça marketing tadqiqotlari olib boriş, ipak mahsulotlari narxini şakllantirişning maqbul mexanizmini yaratiş böyiça taklif va tavsiyalarni işlab çiqiş hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oşiriş;
G) tarmoqni jadal rivojlantirişni muvofiqlaştiriş böyiça:
Pillaçilik tarmoğini rivojlantiriş borasida qabul qilingan dasturiy çora-tadbirlar amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izçil yuritiş hamda içki va taşqi bozordagi narxlar monitoringini olib boriş;
Normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş, imtiyoz va yengilliklar beriş, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning mablağlarini jalb qiliş orqali Uyuşma tarkibiga kiruvçi taşkilotlarning davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişiga kömaklaşiş;
Uyuşma tarkibiga kiruvçi taşkilotlar manfaatlarini közlab, davlat bojini tölamasdan sudga da’vo arizalari tayyorlaş va taqdim etiş hamda davlat organlarining qarorlari, ularning mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyat qiliş.
Qölda töqilgan gilamlarning içki va taşqi bozorlarini tizimli tahlil qiliş;
Tadbirkorlik subektlarini qölda gilam töqiş kooperatsiyalariga jalb qiliş, ularni gilamçilik sohasida bilim va könikmalarga ega bölişi uçun öqitiş, şuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qiliş va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etiş;
Band bölmagan aholini, ayniqsa yoşlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni gilamçilik bilan şuğullanişga qiziqtiriş, ularni öqitiş va malakasini oşiriş, gilam töqiş könikmasini şakllantiriş, joylarda kiçik işlab çiqariş sexlari hamda aholi xonadonlarida gilam töqişni taşkil etiş orqali ularning bandligini ta’minlaşda kömaklaşiş;
Hududlarda ipak, ipak çiqindilari, jun va paxta aralaşmali gilamlar töqişni taşkil etiş uçun hunarmandlar va taşkilotlarni kerakli miqdorda xomaşyo hamda gilam töqiş dastgohlari va moslamalari bilan ta’minlaş çoralarini köriş;
Qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş maqsadida ipakni qayta işlaş taşkilotlari, çorvaçilik xöjaliklari va gilamçilik hunarmandlari örtasida kooperatsiyani yölga qöyişda kömaklaşiş;
Gilamçilikka oid seminar, anjuman, yarmarka va körgazmalar taşkil qiliş, şuningdek, mahalliy gilamçilik taşkilotlari hamda hunarmandlarining xorijiy mamlakatlarda ötkaziladigan yarmarka va körgazmalarda iştirok etişida amaliy yordam körsatiş;
Xalqaro sifat standartlarini joriy qiliş va qölda töqilgan gilamçilik mahsulotlarini eksport qiliş işlarini taşkil etiş böyiça yaqindan kömaklaşiş.
Şu bölimning 10 xatboşiga quyidagiça javob beramiz.
Birinçidan, pillaçilik klasterlari xususiy tadbirkorlar tomonidan taşkil etilgan va töğridan-töğri olinayotgan daromad tadbirkorning xususiy daromadi hisoblanadi.
Ikkinçidan, tadbirkorlar mahsulotni asosan eksportga yönaltirib, erkin bozor bahosi asosida xorijiy xaridorlarga sotib kelmoqda. Narxlar esa xorijiy bozorlarda har yili özgaruvçan xarakterga ega bölib, bozorning ipak mahsulotlariga töyiniş darajasidan kelib çiqib şakllanadi. Narxni mahalliy eksportyorlar tomonidan nazorat qilinişi mantiqqa ziddir.
Uçinçidan, tadbirkor doimiy ravişda öz faoliyatini daromad olişga qaratadi. Bozordagi faoliyat esa doimiy ravişda raqobat muhitiga asoslangan. Bugungi kunda “klasterlar faoliyatiga mahalliy hokimiyat va mansabdor şaxslar yordam beryapti” degan fikr umuman haqiqatga töğri kelmaydi.
Törtinçidan, pilla yetiştiriş böyiça şartnomalar pillaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari örtasida ixtiyoriy ravişda tuziladi va bunga heç qanday davlat taşkilotlari yoki boşqa idoralar aralaşmaydi.
“Özbekipaksanoat” uyuşmasiga bugungi kunda 75 ta pillani qayta işlaş korxonalari hamda 11 ta ipak qurti uruğçilik korxonalari a’zo hisoblanadi. Uşbu korxonalar istalgan vaqt Uyuşma bilan tuzilgan özaro hamkorlik (a’zolik) şartnomasini bekor qilib, Uyuşma tarkibidan çiqişga haqlidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, pillaçilik klasterlari qat’iy ravişda tadbirkorlik subekti hisoblanadi va davlat organining qarori asosida emas, balki muassis yoki muassislar tomonidan taşkil etiladi. Qonunçilikka köra, pillaçilik klasterlari faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralaşuviga yöl qöyilmaydi va bunday hollar javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Şu bilan birga, pillaçilik korxonalari (klasterlari)ning “Özbekipaksanoat” uyuşmasiga a’zo bölişlari mutlaqo ixtiyoriylik asosida amalga oşiriladi.
Bölimning 12 xatboşiga quyidagiça izoh beriş mumkin.
Pilla xomaşyosi yetiştiriş jarayonida barça moddiy texnik resurslar, şu jumladan ipak qurti uruğlari, töşama qoğoz, termometr, farmolin, psixrometr kabi inventar jihozlar pillaçilik klasterlari tomonidan qurt boquvçilarga bepul yetkazib beriş amaliyoti yölga qöyildi. Bu esa öz navbatida qurt boquvçilarning sarf-xarajatlarini kamaytirib, pilladan köproq daromad olişiga sabab böladi.
Pilla xomaşyosini şartnoma asosida yetiştirayotgan fermer xöjaliklari zarar körayotganligi vaji heç qanday iqtisodiy asosga ega emas, bu böyiça yetarli darajada iqtisodiy tahlillar mavjud.
Muallifning fermerlarni ipak qurti boqiş uçun rozi bölişga majburlaş töğrisidagi vaji mutlaqo asossizdir. Bunga javoban, Respublikada bir neça yillardan buyon tadbirkorlik subektlari faoliyati bilan boğliq har qanday tekşirişlar ta’qiqlangan bölib, tadbirkorlarni tekşiriş faqatgina biznes-ombudsmanning tegişli ruxsati bilan amalga oşiriladi.
Söngsöz örnida şuni ta’kidlaş kerakki, bundan 6 yil muqaddam uyuşma faoliyati 19 ta pillaçilik klasterlari bilan boşlangan bölsa, bugunga kelib mavjud klasterlar soni 75 tani taşkil etmoqda.
2017-yilda ipak mahsulotlarining eksport körsatkiçi 20 million dollarni taşkil etgan bölsa, hozirda mazkur qiymat qariyb 5 barobar ösgan.
Sohada mehnat qilayotgan fuqarolar soni bugungi kunda 1 million 200 ming nafarni taşkil etib, bu körsatkiç Özbekiston aholisi soning 0,03 foiziga töğri kelmoqda.
Ötgan 6 yil mobaynida sohani rivoji uçun 10 ga yaqin qaror va farmonlar işlab çiqildi. Mazkur qaror va farmonlarning barçasi Respublika ipakçilik tarmoğining yuksalişiga va faqat yuksalişiga xizmat qilmoqda.
Joriy yil 23-mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ötkazilgan videoselektor yiğilişida soha zimmasiga yangi vazifalar yuklatildi. Jumladan, aholi yaşaş joylariga yaqin hududlardan lalmi va yaylov maydonlari özlaştirilib, yangi tut plantatsiyalari hamda yangi pillaçilik klasterlari taşkil etiş topşiriği berildi.
Mazkur yer maydonlari 105 ming gektarga teng bölib har bir yangi taşkil bölgan pillaçilik klasteriga 1000 gektardan yer ajratilişini hisobga olsak, sohada 105 ta yangi klasterlar paydo bölişi nazarda tutilmoqda.
Bu sohaga nima beradi? Avvalo, bugungi kunda mavjud pillaçilik korxonalari soni 75 tani taşkil etayotgan bölsa, yangi klasterlarning taşkil topişi bilan “Özbekipaksanoat” tizim korxonalari 180 taga yetadi.
Şuningdek, mazkur sohada mehnat qilayotgan qurt boquvçi kasanaçilar, pillani qayta işlaş korxonalarida işlaydigan xotin-qizlar umuman sohada iş bilan band bölganlar sonini 2 million nafarga yetkaziş imkoniyati paydo böladi. Bu körsatkiç Raspublikaning boşqa soha tarmoqlarida juda kam uçraydigan raqamlar ekanini e’tirof etiş lozim.
Yana bir e’tiborli jihati şundaki, bugungi kunda 75 ta pillaçilik klasterlari qariyb 100 million dollarlik ipak mahsulotlarini eksport qilayotgan bölsa, yangi korxonalarning barpo bölişi bilan bu raqamlar 200 million dollarga yetişi közda tutilgan.
Bundan körinadiki soha ildamlamoqda, yangi marralarni zabt etmoqda. 10 yil oldin ipakçilik sohasidagi bugungi natijalar haqida gapirilganda köpçilik istehzoli jilmayişi mahol edi, ammo nima deymiz, fakt bu - fakt.