Uşbu rejaga muvofiq, 2023 yilda 20 ming obektga qariyb 220 ming kVt quvvatga teng kiçik quyoş elektr stansiyalarni örnatiş rejalaştirilgan.
Aprel oyining boşida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan uşbu rejaning 40 foizi bajarilib, 4 mingdan ortiq obektlarda – 90 ming kVt quvvatdan ortiq fotoelektr stansiyalari örnatildi, bunga 1 trillion budjet va budjetdan taşqari mablağlar sarf qilingan.
Bundan xulosa qiliş mumkinki, bugungi kunda yurtimizdagi fotoelektr stansiyalarning 1 kVt nominal quvvatining bozor qiymati 11 million sömdan boşlanadi.
Şu bilan birga, yuqoridagi rejani samarali amalga oşiriş uçun davlat mulkiga asoslangan maxsus Yaşil Energiya kompaniyasi taşkil etildi. Kompaniya joriy yilning 10 martida Özbekiston davlat xaridlarining maxsus elektron portalida (etender.uzex.uz) boşlanğiç narxi 2,2 trl söm bölgan kiçik quyoş fotoelektr stansiyalarini tayyor holda quriş uçun eng yaxşi takliflar uçun tanlov e’lon qildi.
Energetika vazirligining rasmiy veb-sayti va Telegram kanalida uşbu tanlov keng yoritib borilgani sababli tanlovda 15 dan ortiq kompaniyalar, şu jumladan Modern Power Systems, Sun High Tech, Özelektroapparat kabi taniqli kompaniyalar, örtasida şiddatli raqobat şaroitida bölib ötdi.
Tanlov şaffofligi, yuqori texnik talablar va Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov boşçiligidagi xarid komissiyasining xolisligi tufayli yurtimiz kiçik quyoş energetikasi tarixida yangi bosqiçni oçdi.
Tanlov natijasi böyiça dunyoning yetakçi Trina Solar kompaniyasining eng zamonaviy Vertex quyoş panellari (ikki tomonli, 21% dan yuqori samaradorlikka ega va 555 Vt quvvatli) va Avstriyaning maşhur Fronius kompaniyasining smart invertorlarini taklif qilgan mahalliy Virtec Power kompaniyasi ğolib deb topilgan.

Qayd etiş lozimki, Virtec Power kompaniyasi tomonidan quyoş fotoelektr stansiyalari uçun yuqori sifatli komponentlar va talab etilganidan














