ChatGPT çatboti bor-yöği bir neça oydan beri mavjud, biroq u allaqaçon texnologiya hamjamiyatida juda köp şovqin yaratişga muvaffaq böldi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, ChatGPT va şunga öxşaş sun’iy intellekt işlanmalari ba’zi kasblarga tahdid solişi mumkin.
Business Insider portali mutaxassislari neyrotarmoqlarning rivojlanişi tufayli töliq yoki qisman yöqolib ketişi mumkin bölgan 10 ta kasbni sanab ötişdi.
Ular quyidagilar:
- texnik vakansiyalar (koderlar, dasturçilar, dasturiy ta’minot muhandislari, ma’lumotlar tahlilçilari);
- ommaviy axborot vositalaridagi iş örinlari (boş direktor, muharrirlar, jurnalistlar);
- yuridik sohadagi iş örinlari (parayurist, yurist yordamçisi);
- marketologlar;
- öqituvçilar;
- moliyaviy iş örinlari (moliyaviy tahlilçilar, şaxsiy moliyaviy maslahatçilar);
- treyderlar,
- grafik dizaynerlar;
- buxgalterlar,
- qöllab-quvvatlaş xizmati xodimlari.
2013 yilda Oksford universitetida ötkazilgan tadqiqotga köra, keyingi 20 yil içida AI (sun’iy intellekt) tufayli Amerikadagi iş örinlarining 47 foizi qisqartirilişi mumkinligi aytilgan edi. Ammo Goldman Sachs tadqiqoti şuni körsatdiki, generativ sun’iy intellekt dunyo böylab 300 million xodimni turli darajalarda almaştirişi mumkin, bu esa mehnat bozorida «sezilarli uzilişlar»ga olib keladi.
Şu bilan birga, sun’iy intellekt sohasidagi ba’zi mutaxassislar sun’iy intellekt iş jarayonida yordam berişi mumkinligiga işonişadi, ammo xatolar va kamçiliklarga yöl qöymaslik uçun odam uni nazorat qilişi lozimligini aytişadi.
ChatGPT - bu bir neça oy içida yuqori texnologiyali dunyoda köp şov-şuvlarga sabab bölgan çatbot. U oson va işonçli tarzda murakkab savollarga javob bera oladi, şuningdek, buyruq böyiça nasr, şe’r yoki kompyuter kodini yoza oladi. U hatto ösiş sur’ati böyiça TikTok ijtimoiy tarmoğini ham ortda qoldira oldi.








