Özbekiston Markaziy banki 2026-yil II çorak uçun mehnat bozori şarhini eʼlon qildi. Unda taşqi mehnat migratsiyasidagi tendensiyalar ham keltirib ötilgan.

Qayd etilişiça, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyaga işlaş maqsadida borgan Özbekiston fuqarolari soni 1,18 mln nafarni taşkil etdi. Bu - 2025-yilning mos davriga nisbatan 13,2 foizga kam. Patent asosida işlayotgan özbekistonliklar soni esa 9,2 foizga qisqargan.

Şu bilan birga, özbekistonlik mehnat migrantlari uçun boşqa yönalişlarning ahamiyati ortib bormoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga köra, Turkiya, Janubiy Koreya, Yevropa va AQŞdagi özbekistonliklar soni sönggi yillarda sezilarli köpaygan. 

Migrantlar oqimining yuqori ösişi asosan Yevropa va Turkiya hissasiga töğri keldi. 2025-yilda Yevropa Ittifoqidagi özbekistonlik migrantlar soni 13,2 foizga, Turkiyada esa 10,7 foizga oşdi. 2026-yilning 1-iyul holatiga Turkiyadagi özbekistonliklar soni 70 ming nafarni (9,3 foiz ösiş) taşkil etgan bölsa, Janubiy Koreyadagilar soni 102,2 ming nafarga (3,3 foiz ösiş) teng böldi.  

Migrantlar tomonidan Özbekistonga yuborilayotgan pul ötkazmalari ösişda davom etgan.  2027-yil I çoragida pul ötkazmalari 3,8 mlrd dollarni taşkil etib, yillik hisobda 12,9 foizga oşgan. II çorakda esa uşbu körsatkiç 5,5 mlrd dollarga yetib, ösiş surʼati 13,1 foizni taşkil qilgan.

Pul ötkazmalari geografiyasi ham kengaymoqda. Yanvar-iyun oylarida Qozoğistondan kelgan pul ötkazmalari 28,2 foizga, AQŞdan 18,8 foizga, Turkiyadan 14,2 foizga va Janubiy Koreyadan 11,4 foizga oşgan. Rossiyadan kelayotgan pul ötkazmalari esa 8,8 foizga köpaygan.

Eslatib ötamiz, 2026-yilning birinçi çoragida umumiy pul ötkazmalari tarkibida Rossiyadan jönatilgan mablağlar uluşi bir yil oldingidan 5,2 punktga pasayib, 72,4 foizga tuşgandi