“Mohirdev” platformasi asosçisi Anvar Narzulloh fikriça, texnologik taraqqiyot ayrim kasblarning yöqolişiga sabab böladi, şu bilan birga, yangi işlar va faoliyat yönalişlarini ham yuzaga keltiradi.
"Şu vaqtga qadar hayotimizga kirib kelgan har bir yangi texnologiya ayrim kasblarni yöqotgan. Masalan, ATS paydo bölişidan oldin telefonlarni qölda ulab beradigan operatorlar bor edi. Minglab odamlar şu iş bilan şuğullangan. Avtomatik telefon stansiyalari joriy etilgaç, mazkur kasbga ehtiyoj qolmadi. Ammo uning örniga boşqa vazifalar şakllandi.
Internet ham mobilograf, SMM mutaxassisi, kopirayter, dasturçi kabi ilgari mavjud bölmagan kasblarni yuzaga keltirdi. Bugun esa sunʼiy intellekt ayrim vazifalarni öz zimmasiga olmoqda. Bu xodimning işi tugaydi degani emas. Aksinça, inson sunʼiy intellekt bajara olmaydigan vazifalarga köproq eʼtibor qaratadi", - deydi ekspert.
Suhbatda sunʼiy intellektdan foydalaniş inson mehnatini butunlay almaştiriş emas, balki uni yengillaştirişga xizmat qilişi mumkinligiga misol sifatida tibbiyot sohasi keltirildi.
Xususan, şifokorlar bemorni qabul qiliş bilan birga, köplab hisobot va hujjatlarni ham tayyorlaşiga töğri keladi. Sunʼiy intellekt esa mutaxassis va bemor suhbatini audio şaklida qayd etib, uni matnga aylantiriş va belgilangan formatda hisobot tayyorlaşda yordam berişi mumkin. Bunda yakuniy qaror va masʼuliyat şifokorning özida qoladi, texnologiya esa hujjat işlariga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.
Intervyuni töliq şaklda Kun.uz'ning YouTube sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.








