Italiyalik tergovçilar Krasnoyarsk gubernatori öğliga yordam bergan 4-5 kişini aniqladi. Italiya rasmiylari Ussning qoçib ketişiga Rossiya maxsus xizmatlarining aloqadorligini tekşirmoqda, deb xabar berdi La Repubblica.
Italiyalik tergovçilar Krasnoyarsk gubernatori Artem Ussning öğliga Milanda uy qamoğidan qoçişga yordam bergan 4-5 kişining şaxsini aniqladi, deb yozadi 12 aprel, çorşanba kuni La Repubblica gazetasi. Naşr ma’lumotlariga köra, Ussning qoçişida kamida ön kişi bölgan «opergruppa» iştirok etgan. Tergovçilarning fikriça, operatsiyaning özida olti yoki yetti nafar iştirokçi bölgan.
Tergovga ma’lum bölişiça, bu odamlar Ussga bir neça soat içida Milandan Italiyaning Triyest şahriga yetib borişiga yordam berişgan va yölda bir neçta maşinani almaştirgan. U yerda Uss soxta hujjatlar yordamida Sloveniya çegarasini kesib ötgan, şundan söng Serbiyaga ketgan va u yerdan Rossiyaga uçib ketgan.
2022 yil 17 oktyabrda Artem Uss Turkiyaga uçib ketmoqçi bölgan Milan aeroportida AQŞ tomonidan hibsga oliş orderi asosida uşlangan edi. Amerika rasmiylari Krasnoyarsk ölkasi gubernatori öğlini sanksiyalarni buziş va pul yuvişda aybdor deb hisoblayapti.
2022 yil 28 oktyabrda Moskvaning Meşçanskiy sudi Artem Ussni uyuşgan jinoiy guruh tarkibida pul yuviş böyiça qözğatilgan iş doirasida sirtdan hibsga oldi. Rossiya hukumati uning ekstraditsiyasini talab qilişini bildirdi.
21 mart kuni Milan apellyatsiya sudi kiçik Ussni AQŞga ekstraditsiya qilişni ma’qulladi. Ertasi kuni Italiyaning La Stampa gazetasi öşa paytda uy qamoğida bölgan erkak elektron bilaguzugini sindirib, Milan çekkasidagi ijaraga olgan kvartirasini taşlab ketgani haqida xabar berdi.








