Tesla va SpaceX asosçisi, 2022 yildan beri Twitter ijtimoiy tarmoğiga rahbarlik qilayotgan Ilon Mask, agar mos xaridor topsa, platformani sotişga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u BBC naşriga bergan intervyusida gapirdi.
Milliarderning fikriça, yangi kompaniyani boşqariş oson emas.
«Bu şunçaki bazm emas, juda oğriqli jarayon. Lekin bu zerikarli emas, bu xuddi attraksionga öxşaydi», dedi Mask.
Tadbirkor sönggi bir neça oy içida Twitter kompaniyasidagi vaziyat stressli bölganini ta’kidladi, biroq kompaniyani sotib olişni töğri qaror deb hisoblamoqda. Mask sözlariga köra, endi Twitter yaxşi işlamoqda.
Şuningdek, tadbirkor ijtimoiy tarmoqdagi botlarni aniqlagaç, kompaniyani sotib olişga kamroq pul tölamoqçi bölganini tan oldi. Şuningdek, agar unga Twitter uçun 44 milliard dollar taklif qilinsa, sotmasligini aytdi. Biroq, milliarderning ta’kidlaşiça, agar yangi xaridor haqiqatni aytiş ğoyasiga sodiq bölsa, kelişuv amalga oşişi mumkin.
Ilon Mask Twitter platformasini sotib olişni 2022 yil 27 oktyabrda yakunladi. Şartnoma summasi 44 milliard dollarni taşkil etdi. Tadbirkorning özi sotib oliş qarorini insoniyatga yordam beriş istagi bilan izohladi.








