15 aprel kuni soat 02:48 larda Toşkent-Öş avtomobil yölining 225-kilometri, "Qöşminor" MFY hududida harakatlangan, Buxoro viloyati Şofirkon tumanida yaşovçi fuqaro boşqaruvida bölgan DAF rusumli yuk maşinasi boşqaruvni yöqotgan.

Qayd etilişiça, u örta temir tösiqqa urilib, yöl transport hodisasi sodir etişi natijasida avtomaşinada yonğin kelib çiqqan. Yonğin natijasida avtomaşina va uni yukxonasi töliq yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.

Sodir bölgan yonğin Qamçiq Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Yonğin qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 03:20 da töliq öçirilgan.