Özbekiston dunyoda jinoyatçilik darajasi örtaça bölgan davlatlar röyxatiga kiritildi. Bu haqda World Population Review taqdim etgan reytingda aytiladi.
Özbekistonda har 100 ming kişiga örtaça 33,42 ta jinoyat töğri keladi va bu körsatkiç böyiça 136 ta davlat içida 99-örinda qayd etilgan.
Dunyoda jinoyatçilik darajasi eng yuqori bölgan davlatlar qatoriga Venesuela (har 100 ming kişiga 83 ta), Papua-Yangi Gvineya (80), Janubiy Afrika (76), Afğoniston (76) va Gonduras (74) kiradi. Ulardan keyingi örinlarda Trinidad va Tobago, Gayana, Salvador, Braziliya va Yamayka.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida jinoyatçilik darajasi böyiça Qirğiziston 31-örinda, Qozoğiston 40-örinda qayd etilgan. Tojikiston va Turkmaniston böyiça ma’lumotlar yöq.
World Population Review naşri Qatar, Birlaşgan Arab Amirliklari, Tayvan, Men oroli va Ummonni jinoyatçilik darajasi eng past, yaşaş uçun eng xavfsiz davlatlar deb topdi. Ulardan keyingi örinlarda Şveytsariya, Hongkong, Yaponiya, Sloveniya va Armaniston bormoqda.












