18 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 31-maktabning 2 nafar ayol öqituvçisi erkak hamkasbi tomonidan döpposlangani aks etgan video tarqaldi. Şundan söng, Boş prokuratura muştumzör qölga olingani, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi holat vazir nazoratiga olinganini ma’lum qildi.
19 aprelda esa döpposlangan ayollardan biri «Hudud24» internet naşriga bergan intervyusida aslida holat qanday bölgani haqida gapirib berdi.
Ayolning aytişiça, «kök rangli boş kiyim kiyib olgan erkak» ularni döpposlagandan keyin darhol içki işlar organiga qönğiroq qilişgan, oğir jarohatlar bölmagani uçun tez yordam çaqirilmagan.
«Aslida uruş, janjal, uradigan darajadagi voqea bölgani yöq. Bizning direktor bilan hal qiladigan muammomiz bor edi, şunga maslahatlaşmoqçi bölib direktorning xonasiga kirgandik.
Ikki kun oldin ota-onalar yiğilişi bölgan, maktabda men bölmagandim. Janjalda men qatori tayoq yegan öqituvçi şu majlisda qatnaşgan. Şunda bir ayol maktabda bir erkak va ayol öqituvçining xiyobonlarda, maktab hududida ham qöl uşlaşib yurganini aytib, isbot tariqasida unda videotasvir borligini aytgan. U ayolning kimligini bilişmagan, şoşib çiqib ketişgan.
Biz butun öqituvçilar isnodga qolib yurmaylik, kimligini bilaylik, aniqlik kiritaylik, voqeani direktorga aytaylik, dedik. Bir kun oldin şunga kelişdik. Öşa paytda oldimizda boşqa birov yöq edi, ammo heç qaysimiz öylamagan ekanmiz, bizning gaplarimiz telefon orqali yozib olinib turgan ekan», – deydi u.
Ma’lum bölişiça, 14 aprel kunining ikkinçi yarmida ayollar direktor qabuliga kirişga hozirlanadi. Şunda kimdir jismoniy tarbiya öqituvçisiga «bir guruh ayollar direktorning oldiga kirib, seni muhokama qilişyapti» degan xabarni bergan va u erkak majlis bölayotgan xonaga kirib kelgan. Ayol «bu yerda ayollar yiğilişi bölyapti» deyişiga qaramay, direktorning yonidagi örindiqqa ötirib olgan.
«Direktor hammaga umumiy qilib “ha, nima bölyapti?” deb savol berdi. Şunda u örnidan turdi-da, beş barmoğini yozib “nima deyapsan, sen kimsan özi, maktab meniki, bilganimni qilaman”, dedi. Keyin “manaviyam gapirmasin” deb menga qarab kitobni uloqtirdi. Kitob menga tegmadi, u şahd bilan men tomonga aylanib keldi, örnimdan turdim, ammo men uradi deb öylaganim ham yöq. U esa yuzim aralaş boşimga aylantirib solib, hojiligimni aytib, ketma-ket haqorat qila boşladi.








