Özi nima gap?
18 aprel kuni internetda Surxondaryodagi maktablarning birida 2 ayol öqituvçi döpposlangani aks etgan video tarqaldi. Keyinçalik holat Uzun tumanidagi 31-maktabda sodir bölgani aniqlandi.
Boş prokuratura ayollarga qöl kötargan 34 yaşar erkakning özi ham öqituvçi ekani, u qölga olingani va röy bergan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, uşbu voqea 14 aprel kuni sodir bölgan.
Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga köra, döpposlangan ikki ayol öqituvçi şifoxonada davolanayotgani, röy bergan voqeani şaxsan nazorat qilib turganini bildirdi. Vazir ustozlar orasida bir-biriga qöl kötarilişi juda açinarli holat deb atagan.
“Najot faqat internetdan bölib qoldi”

Bloger Isroil Tillaboyev ayollar döpposlangani tasvirlangan video internetda tarqalgandan keyingina muştumzör qölga olinib, jinoyat işi oçilgani, nima uçun bu işlar ilgariroq qilinmaganiga e’tibor qaratgan.
“Meni bir narsa öylantiryapti. 18 aprelda jinoiy iş oçilibdi, voqea esa 14 aprelda bölgan ekan. Boş prokuratura yaxşiyam insof qilib voqea qaçon bölganini-yu, iş esa qaçon oçilganini aytib ötib ketibdi. Nahot şu kungaça u öqituvçilarning özlari yoki oila a’zolari uçastka noziriga yoki boşqa tegişli mas’ullarga arz qilmagan? Men işonmayman bunga, arz qilgan deb öylayman.
Lekin balki anavi muştumzörning kuçi yoki «iltimosi» bilan bu iş oçilmay qolgan va yoki keyinçalik ham oçilmaydigan bölgandirki, voqea aks etgan videoni oxirgi najot sifatida internetga joylaşmoqda. Şundan sönggina muştumzör qölga olindi, jinoyat işi oçildi, iş nazoratga olindi.
Savol tuğiladi-da, agarda video internetga çiqarilmaganda nima bölardi? Şunday jirkanç iş jazosiz qolib ketardimi? Voqea yaxşiyam kameraga tuşib qolgan, tasavvur qilyapsizmi endi, agar şu vaziyatda, 4 kundan buyon bosdi-bosdi qilinib turgan işda mana şunday kuçli dalil bölmaganda nima bölardi? Bu haqda öylaşga ham qörqasan kişi.













