Poliklinikalardagi navbatlar – aksariyat özbekistonliklar uçun juda taniş manzara. Ayniqsa, yoş bolali va homilador ayollar, keksalar – poliklinikalarda navbatda turuvçi asosiy qatlamdir.
Kun.uz muxbiri muammoni örganar ekan, Toşkentdagi bir neçta oilaviy poliklinikalarda bölib, bemorlar va şifokorlar bilan suhbatlaşdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali fikrlar yiğdi. Nega hamon aholiga tibbiy xizmat körsatişda qulaylik masalasi yeçilmaganini örganişga harakat qildi.
“Navbatlar bölişi tabiiy hol, lekin...”
Poytaxtdagi poliklinikalardan birida işlaydigan şifokorning aytişiça, navbatlar kun davomida emas, asosan ertalab kuzatiladi.
“Toşkent şahridagi poliklinikalardan birida 2022 yildan beri işlayman. Navbatlar böladi, çunki odam juda köp, hududdagi köp mahalla, boğça va maktablar bizga qaraydi. Navbat bölişi tabiiy hol. Röyxatdan ötkaziş bölimida köpçilik işlaşni xohlamaydi, çunki juda boşoğriq joy. Ötgan hafta bir bemor rosa janjal qildi. Navbatlar asosan ertalab 8dan 10gaça böladi. Ertalabdan hamma doktorga körinib, işini bitirib ketgisi keladi. Masalan, mening qabulimga kelgan bemorlar ham köp hollarda betoqatlik qiladi. “Tezroq köring, ketişim kerak” deyişadi. Sabr nimaligini bilmaydi.
Mana bugun (14 aprel) vazirlikdan tekşiruv bor. Keyingi paytlar tekşiruvlar juda köpaydi. Kasal qolib, hujjat tayyorlaymiz. Bu hisobotlar tizimni rivojlantirmaydi, işimizmi qiyinlaştiradi”.

Kun.uz suhbatlaşgan yana bir poliklinika xodimi navbatlar poliklinikaning oğriqli nuqtasi ekani, şu sababli kelgan bemorlarni röyxatdan ötkazuvçi bölimda işlaş qiyinligini aytadi.
“Oilaviy poliklinikada patronaj edim, soğliğim tufayli registraturaga ötdim. Lekin registraturaning işi oson emas ekan. Hammaga muomala qilaverib, tinkam qurib qolyapti. Navbat kutolmay, sabri çidamay baqirib ketadigan bemorlar borligi uçun köpçilik bu bölimda işlaşni xohlamaydi. Navbat kutib turganlarga yoş bolasi bor ayollarni ötkazib yuborişlarini sörab, çiroyli muomala qilib ötkazib yuboraman. Navbatlar asosan qon topşiriş va laboratoriyaga. Poliklinikamizda “jivoy” navbatda turişadi. Kompyuterlar endi olib kelindi. Kim kelsa, anketasini olib beraman, özidan oldin kelgan odamdan keyin navbatga turaveradi”.














